Ziyodadan «Ikkimiz» klipi


Категория: KLIP

Ziyoda

Muxlislar uchun xonanda Ziyodadan ajoyib tuxfa. Mana uzoq kutganingiz, sevimli taronangiz «Ikkimiz» ga suratga olingan klip tayyor bo’ldi. Avvalambor klipning g’oyasi original va shunga yarasha ijro uchun munosib aktyorlar tanlangan. Video ketma-ketlikda xonanda Ziyodaning yangi obrazini ko’rib ham xayratda qolasiz. Xonandaning tashqi ko’rinishiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, biroz zamonaviylik uyg’unlashtirilgan holda retro yo’nalishga murojaat qilingan. Klipda bosh rollarni ikki mahoratli aktyorlar Rixsitilla Abdullayev va Rayhon Ulasenovalar ijro etishgan bo’lib, ularning ijrosi, voqealar ketma-ketligi klipning boshidan to oxiriga qadar muxlislarni hayajonga soladi va yakunda tub burilish sodir bo’ladi. Hozirdanoq qiziqib qolgan bo’lsangiz marhamat klipni tomosha qiling va baho bering.

KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MOVER DAN KO’RISH

KLIPNI MY TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI SIFATLI KO’CHIRISH

Поделиться:
Теги: , , , , ,

Оставить ответ