Aktrisa Yulduz Rajabova yotoqxonada


Категория: NEWS

Lola 1

Bu hafta betakror Lolaning navbatdagi qo’shig’iga klip suratga olish ishlari yakunlandi. Shuncha yillik muvaffaqiyat-u ijodiy karyeraga qaramasdan Lola navbatdagi kompozitsiyani yaratishda butkul xalqqa tayandi. Yangi «Yaralangan qanot» qo’shig’i g’ayrioddiy tarixga ega. Qo’shiqning yaratilishi Lolaning pochtasiga xat yuborgan umidsiz bir yosh qizning dardli hikoyasi bilan bog’liq. Nafaqat qo’shiqning nomi, balki uning kalit so’zlari ham mazkur xat bilan bog’liq. 

Lola 2

Lola ga’yrioddiy g’oya bilan Sarvar va Komilga murojaat qilganida, bu ishni yakunlash ular uchun ham oson bo’lmadi. Bir necha oylar mobaynida betakror qo’shiq tayyor bo’ldi. Qo’shiq uchun g’oyani xalqdan olgan Lola bu ishni oxirigacha xalqona bo’lishi istab, muxlislar orasida klip uchun eng yaxshi ssenariy tanlovini e’lon qildi va tanlovda shou-biznesga mutlaqo aloqador bo’lmagan muxlis Alisher Jumaboyevning ssenariyi eng a’lo deb topildi. Yangi klip Alisher Jumaboyevning ssenariyi asosida rejissyor Sarvar Azimov va operator Begzod Pulatovlar tomonidan suratga olindi. 

Lola 3

Klipda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Qahramon Abdurahimov, Jafar Kenjayev va Amaliya Xusnitdinovalar ijro etishgan. Kartina direktori Shamsutdinov Baxriddin, liboslar bo’yicha rassom esa Narimon Grigoryan. O’z ishining ustalari tomonidan yaratilgan klip yaqin kunlarda e’tiboringizga havola etiladi. 

Lola 4 Lola 5 Lola 6 Lola 7 Lola 8 Lola 9 Lola 10

Поделиться:

Оставить ответ


patrockl
12.01.2016

otli4na

Rasul
15.01.2016

Lola doim bir hil klip oladimi eski kliplariga o’xshedi