Yangi yilga Loladan audio kitob sovg’asi


Категория: NEWS
image-25-12-15-09-31-1

O’zbek san’at olamining betakror va yorqin yulduzi Lola Yangi yilga ulkan va kutilmagan sovg’alar bilan yo’l olgan. Ularni birma-bir taqdim etishda davom etar ekan, yurtimizda ilk bora san’at vakillari orasidan o’zining ilk audio kitobini taqdim etadi. Bilamizki yangi yil mo’jiza va ertaklar vaqti. 

image-25-12-15-09-31-2

Nafaqat xonanda va aktrisa, balki «UNICEF»ning vakili bo’lmish Lola bayram arafasida bolajonlar uchun «12 oy» deb nomlangan audio kitobni tortiq etish istagida. Sehrli ertaklarni farzandlaringiz xonanda Lolaning ovozi ila eshitib, ularning qalbidagi orzu va mo’jizaga ishonch yanada ortsa, ajab emas. Shuningdek audio kitobdagi yana bir qulaylik u ikki ya’ni o’zbek va rus tillaridaligidir. Kitobning taqdimot marosimi 27-dekabr sanasida bo’lib o’tadi. O’tkazib yubormang. 

image-25-12-15-09-31-3 image-25-12-15-09-31-4 image-25-12-15-09-31
Поделиться:

Оставить ответ


 

Похожие новости