Yangi 2016 yil barchamizga omadlarni olib kelsin!


Категория: NEWS
2016.shok

Yangi yil mo’jizalarga boy, ertaknamo tus olgan va barcha sabrsizlarcha kutuvchi eng  sevimli bayramdir. Shu bilan birga yil yakuni va kelasi yilning boshi o’tgan yilning sarhisobini qilish uchun ham ayni  qizg’in palla. Asosan shou biznesdagi yangiliklar-u, qizg’in jarayonlarni yoritib boruvchi shok.uz sayti o’tgan 2015-yilga nazar solar ekan, quvonch bilan qator muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritganimizni, ortda qolgan yil samarali kechganini alohida aytib o’tmoqchimiz.  Bir necha yangi loyihalarimiz muxlislar hukmiga havola etilib, ularning olqishiga sazovor bo’ldi. Yurtdoshlar sog’ingan ijodkorlar bilan so’rov asosida intervyular o’tkazdik. Ko’plab kino, konsert va rossiya estrdasining yulduzlari konsertidan batafsil reportajlar tayyorlandi. Mashhurlarning shaxsiy hayotidagi quvonchli kunlarni muxlislar bilan baham ko’rdik. Saytimizning dizayni tubdan, yangicha talqinda o’zgartirildi va bularning barchasi faqatgina muxlislar uchun. Kelgusi yilda ham shijoatni boy bermay, axborotlarni uzluksiz ravishda e’tiboringizga havola etishni oldimizga eng katta maqsad qilib qo’yganmiz. Kelayotgan 2016-yil esa butun insoniyat ahli ichun faqat baxt va quvonchlarga limmo-lim palla bo’lishini chin qalbdan tilaymiz. Yil bo’yi ko’tarinki kayfiyat doimiy hamroh, insonlarni mehr-oqibat, chin insoniy xislatlar tark etmasin. Xonadonlardan fayz-u baraka arimasin. Kim 2016-yil uchun qanday ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan va yangi yil kechasi pok niyat ila nimani tilagan bo’lsa bekam-u ko’st ushalsin. Yangi yil muborak!

Поделиться:

Оставить ответ