Yagonaning “Harorat” albom taqdimotidan fotoreportaj


Категория: NEWS
DSC_1540

Bugun poytaxtimizda joylashgan “Next” ko’ngilochar savdo markazida o’zining yuqori ijro mahorati, takrorlanmas tashqi ko’rinishi va noodatiy, bir-birini takrorlamaydigan betakror kliplari bilan ajralib turuvchi mahoratli xonanda Yagonaning ilk “Harorat” nomli, haqiqatan ham haroratli bo’lgan albomining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Bunday betakror va o’ta hayajonli kunda xonandani har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ijodidan bahramand bo’lish uchun uzoq-yaqindan ko’plab muxlislar, Yagonaning do’stlari va san’at olamining vakillari tashrif buyurishdi.

DSC_1492

Taqdimot marosimini “ComedyUz” rezidentlari ajoyib tarzda olib bordilar va marosim chog’ida o’zlarining hazil-mutoyibaga boy chiqishlari, sahna ko’rinishlari bilan kelganlarga samimiy tabassum baxsh etdilar. Xonanda yangi albom haqida qisqacha ma’lumot berib, muxlislarning savollariga javob berarkan, shu bilan birga kelgusi uchun tuzilgan rejalar va g’oyalar bilan bo’lishdi. Muxlislar esa xonandaga sovg’alar, gullar taqdim etishdi va albatta eksklyuziv fotosuratlar fotokamera obyektividan joy oldi.

DSC_1635

Kechaning eng tuyg’ularga boy oni Yagona nogironlik aravachasidagi muxlisasiga o’z qo’li bilan diskni topshirgan payti bo’ldi. Sevimli xonandasi qo’lidan disk olgan muxlisi quvonchdan yig’lab yubordi. Bizningcha bu kechaning eng hayajonli va larzaga soluvchi daqiqasi edi. Marosim juda fayzli va esda qolarli voqealarga boy bo’ldi. Yagonaga bundan ulkan muvaffaqiyatlar va yuksak parvozlar tilaymiz.DSC_1629 DSC_1626 DSC_1561 DSC_1522 DSC_1519 DSC_1550 DSC_1507 DSC_1499

Fotosuratlar «Picasso» fotostudiyasi tomonidan suratga olindi

 

Поделиться:

Оставить ответ