Xonanda va aktrisalarning sirkdagi tomoshasidan foto va video


Категория: NEWS, SHOK VIDEOLAR
IMG_8971

30-31-yanvar kunlari “O’zbekiston Davlat Sirk”ida kunduzgi va kechgi seanslarda san’atkor ishtirokida yulduzli shou namoyishi bo’lib o’tmoqda. Biz ham 30-yanvar kuni kunduzgi seansga tashrif buyurdik va olam-olam tassurotlar ila yulduzlarni yana boshqa tomonlama kashf etdik. Namoyish haqiqatan ham juda zavqli va kutilmagan onlarga boy o’tdi. San’atkorlar tryuklar, yaʼni mohirlik va epchillik bilan bajariladigan harakatlar va boshqa ifoda vositalari — aktyorlik mahorati, plastikasi, imo-ishorasi yordamida turli janrdagi bir necha tomoshalarni namoyish etdilar. Dastur “MY5” telekanalining boshlovchisi Dilnoza Saidovaning havodagi nozik harakatlar ila parvozi bilan boshlab berildi. Bu borada teleboshlovchi sirk aktyorlaridek harakat qildi va yuz foiz buning uddasidan chiqdi.  

 VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH IMG_8981

Sirk aktrisasinig kuchuklar bilan amalga oshirgan tryuklari kichkintoylarga juda ma’qul keldi.

IMG_9002 IMG_9005

Sherzod Binning masxaraboz qiyofasidagi chiqishi o’ziga juda mos tushgandi. Ko’rinishi bilanoq yuzlarda tabassum uyg’onadigan aktyor masxaraboz obrazida butun zaldigilarni kuldurishni uddasidan chiqdi. Uning ishtiroki barchaga ma’qul keldi. 

IMG_9006 IMG_9018

Kun sayin ijro mahorati yanada mukammalashib borayotgan Jamila G’ofurova yana bir bora tomoshabinlarni lol qoldirishning uddasidan chiqdi. Teleekranlarda ko’rishimiz bilanoq etni junjiktiradigan jonzot-ilon bilan raqsga tushib, olov o’ynatdi, lekin biroz ehtiyorsizlik sabab qo’lidagi munchoqlari yonib ketdi, o’ziga zarar yetmadi. 

IMG_9021 IMG_9025Без имени-1

Ancha vaqtlardan buyon ommaviy axborot vositalari orqali kam ko’rinish berayotgan xonanda Jo’rabek ham bir nechta murakkab tryuklar orqali ishtirok etdi. Lekin uning tashqi qiyofasi shuncha tayyorgarlig-u, mahoratli namoyishga mutlaqo uyg’anlashmadi. Uning bunday har kungi ko’rinishda chiqishi tomoshabinlarning ham hayratiga sabab bo’ldi.

IMG_9046 IMG_9056

Yana bir xayratga sazovor bo’lgan tomoshadan biri bu xonanda Aziz Rajabiyning dorda yurishi bo’ldi. Bir qancha metr balandlikdagi dor ustida erkin harakatlari barchaning olqishiga sazovor bo’ldi. Bu namoyish bir nech sirk aktyorlarining ishtirokida bo’lganiga qaramay, hech qachon dorda yurmagan insonning bir necha hafta davomida bu harakatni o’zlashtirib, katta omma oldida namoyon etishi taqsinga sazovor.

IMG_9061

Har doim ham tomoshabinlarning juda katta qiziqishiga sabab bo’ladigan tomoshalardan biri “quti ichida yoqolib qolish”da aktrisa Zarina Nizomutdinova bevosita ishtirok etdi. Shuncha diqqat bilan kuzatsak ham bu tomoshaning sirini bila olmadik.

IMG_9065 IMG_9075

Yulduzli namoyishni betakror xonanda Leyli yengil harakatlar ila parvozi bilan yakunladi. Darhaqiqat, uning harakatlari o’zining tabiati kabi noziklikni o’zida uyg’unlashtirgandi. “Liki-liki” qo’shig’ini kuylab, barchani raqsga chorladi.Tanganing ikki tomoni bo’lgani kabi namoyish ham yutuqlari bilan bir qatorda bir necha kamchiliklardan holi o’tmadi. 

IMG_9087 IMG_9095

Namoyish davomida sirk aktyorining tayoqchalar bilan likopchalarni o’ynatishi,atayin vaqtni cho’zish uchun joylashtirilgan bo’lib, bu namoyishning uzoq davom etishi tomoshabinlarning asabiga tegdi. Hamda eng ko’p e’tirozga sabab bo’lgan holat esa reklama banneridagi ko’pgina san’atkorlarning dasturda ishtirok etmagani bo’ldi. Ha, reklamadagi bir qancha san’atkorlar namoyishda ishtirok etishmadi. Pul va vaqtni sarflab tashrif buyurganlarning bu kabi e’tirozlari o’rinli hol. Lekin shunga qaramay yuqorida sanab o’tilgan san’atkorlarning hayratlanarli tryuklari harorat ulashib, bu ayblarni oz darajada bo’lsa-da silliqlab ketdi. O’zlarining asl sohalaridan tashqari vaqtlarini ayamay, muxlislar uchun jon kuydirib, chin dildan harakat qilib mana shunday benazir namoyishni taqdim etganlari uchun san’atkorlarga tasanno deymiz. Gala konsertlardan tashqari bunday tomoshalar-u, myuzikllarning ham uyushtirilishi yanada ko’payadi degan umiddamiz.

IMG_9097

Binoning ichi nihoyatda sovuq edi, bu jajji bolajonlar tugul kattalarning ham oyoq uchigacha sovuq qotishiga sabab bo’ldi va binodan jonivorlarning hidi shundoq anqib turardi. 

IMG_9099 IMG_9101 IMG_9102 IMG_9105 IMG_9107 IMG_9108
Поделиться:

Оставить ответ