«Vokrug sveta» o’z bag’riga chinakam iste’dod egalarini qamrab oldi.


Категория: NEWS
IMG_5187

5-aprel sanasidagi » Vokrug sveta» vokal studiyasining konsert dasturiga tashrif buyurdingizmi? Agar tashrif buyurgan bo’lsangiz, siz betakror va ajoyib konsert dasturining guvohi bo’ldingiz. Kelolmagan bo’lsangiz,»attang» unda ko’p narsalarni boy berdingiz. Ha, darhaqiqat, konsert kutganimizdan ham a’lo darajada turli kutilmagan voqealarga boy bo’ldi. Avvalo, bu borada o’quvchilarning ovoz qobiliyatiga tan bermay iloj yo’q. Konsert dasturida «Vokrug sveta» vokal studiyasining barcha o’quvchilari qatnashdilar. Ular turli yoshdagilardan tashkil topgan. Ularning ustozi va «Vokrug svetaning» rahbari xonanda  Saida ham o’zgacha mehr va quvonch bilan har bir o’quvchisi haqida alohida to’xtalib o’tdi. Shu yili bu studiyaning tashkil topganiga 12 yil bo’libdi.

IMG_4870 IMG_5159 IMG_5133 Konsert davomida o’quvchilar duet tarzida ingliz va rus tillaridagi butun dunyo sevib tinglaydigan qo’shiqlarni kuyladilar. Olqishlar va guldastalarning umuman to’xtovi bo’lmadi. O’quvchilarning ijro mahorati, sahnadagi o’zini tutishlari, plastikasi, liboslari va raqslari hammasi bir-biriga hamohang tarzda. Raqslarni Shahzoda( xonanda Zamzama) sahnalashtirgan. Zaldagi tomoshabinlar ham ijrochilar bilan birga kuylashdi. IMG_5067 IMG_5064 IMG_5051 IMG_5039 IMG_5002 IMG_4994 IMG_4985

Konsert repertuaridan barcha yo’nalishdagi qo’shiqlar joy olgan , hattoki «rock» ham. «Vokrug sveta» vokal studiyasida faqat bir dona o’g’il bola bor ekan, u ham o’z qo’shig’i bilan tomoshabinlar qalbidan joy oldi. IMG_4975 IMG_4970

Studiyaning kichik yoshdagi ishtirokchilari barchani lol qoldirdi. Hali maktab yoshiga ham yetmagan uch qizaloq farishtalar libosida farishta va ona haqida qo’shiq kuylab olqisharga sazovor bo’ldilar.

IMG_4944 IMG_4923 IMG_4917

Saidani qo’llab quvvatlash uchun uning hamkasblari ham tashrif buyurishdi.

IMG_4915 IMG_4906 «Vokrug sveta» vokal studiyasida faqat bir dona o’g’il bola bor ekan, u ham o’z qo’shig’i bilan tomoshabinlar qalbidan joy oldi. IMG_4899 IMG_4889 IMG_4876 IMG_4873

5-aprelda «Vokrug sveta» vokal studiyasining qatnashchisi va xareograf Shahzoda (xonanda Zamzama) ning qizini tug’ilgan kuni bo’lgani bois ularni gul dastalar va olqishlar bilan qutladilar.

IMG_5176

Konsert dasturining so’nggida Saidaning o’zi «Dunyo» nomli qo’shig’ini jonli ijro etdi va studiyaning qatnashchilari futbol haqida qo’shiq kuyladilar. Konsert a’lo darajada o’tdi. Xonanda Saida va «vokrug sveta» vokal studiyasining bundan keyingi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!!!

Faxriniso

Foto: Jamshid

Поделиться:

Оставить ответ


Miss Dior Cheri
06.04.2015

Saida molodec!!!!

Aziza
06.04.2015

Vidyosiniyam qoyasilami

Mirjalol
07.04.2015

Bulada uyat degan narsa qogammi o’zi(((((((((((((((((((

www
08.04.2015

bu qiz golosda chiqqan adashmasam