Vera Brejnevaning Toshkentdagi konsertidan fotoreportaj


Категория: NEWS
IMG_1947

Bir necha oylar davomida muxlislar kun sanab kutgan onlar kelib bugun 15-dekabr sanasida betakror va nihoyatda ko’p sonli muxlislar egasi Vera Brejnevaning konsert dasturi “Istiqlol” san’at saroyida bo’lib o’tdi. Saytimiz muxlislariga berilgan va’daga muvofiq ommaviy axborot vositalaridan faqat biz konsertdan to’liq reportaj va fotosuratlarni taqdim etamiz. Boshqa hech qayerdan konsert haqida hech qanday ma’lumot topa olmaysiz. Konsert “Dobroe utro” taronasining ijrosi bilan ochildi.

IMG_1938

Birinchi qoshiqdan song tashrif buyurganlar bilan salomlashib, Vatanimiz haqidagi iliq taassurotlari bilan ortoqlashdi. Otgan yilgi tashrifidan song yana kelishni kongliga tugib qoygan xonanda Ozbek palovining tami ogzida qolganligi va mehmondost xalqimizni qovun bilan rosa mehmon qilishganini mamnuniyat bilan aytdi. U Toshkentga Istanbuldan 15 kishilik tarkibi bilan uchib kelibdi. Kelishi bilanoq yurtimizdagi bahor havosi uni juda quvontirib kayfiyatini ham ko’taribdi. “Men teleekrandagidek hayotda ham go’zal emasman”,- deya sahnadan pastga tushib muxlislar bilan birma-bir qo’l berib ko’rishib chiqdi. Yurtimizga tashrifidan avval madaniyatimiz bilan biroz tanishgan xonanda “Assalomu alaykum”, “chop chop” va “yo’q yo’q” kabi so’zlarni o’rganib olibdi. Muxlislar bilan samimiy muloqoti paytidagi tabiatan xushchaqchaqlik va hazilkashlik, fe’l-atvoridagi bolalarcha beg’uborlik namoyon bo’la boshladi.

IMG_1936 IMG_1905 IMG_1857 IMG_1787

Sahnaga bir kichkina bolakay gul ko’tarib chiqqanida, Vera Brejneva uni o’pib oldi va o’ziga ham mana shunday o’g’il farzand nasib qilishini tiladi. Shundan so’ng konsertga tashrif buyurgan deyarli barcha bolajonlar mega yulduzning o’pichiga sazovor bo’lish uchun tizilib kela boshlashdi. Bu yerda qo’riqchilar bolakaylar bilan ovora bo’lib turgan bir paytda bir yigit otilib chiqib Vera Brejneva bilan selfie tushishga muvaffaq bo’ldi. Qo’riqchilar ham bu chaqqon yigitni tutib qolishga ulgura olmadilar.

IMG_1807

Konsert mobaynida tanlov ham uyushtirilib, unda tomoshabinlar orasidan 10 nafar qiz taklif etildi. Ular xonanda bilan birgalikda “Brillianti” qo’shig’ini kuylashlari kerak edi, lekin qo’shiq aytish qolib ham uni quchoqlab o’pish-u, suratga olishga tushib ketdi. Shunday bo’lishiga qaramasdan qatnashchilarning bariga tillaqosh sovg’a qilinda va Vera Brejneva bu tillaqoshni shu bugungi kundan esdalik sifatida asrab qo’yishlarini, sotib yubormasliklarini qattiq tayinladi.

IMG_1809 IMG_1815

Konsert mobaynida xonanda liboslarni o’ta chaqqonlik bilan tez-tez almashtirib turdi. Bu qaysi qo’shiq deya “Lyubov spasaet mir” ning musiqasi qo’yib eshittirilgandi bir qiz darrov topdi. Buning uchun unga taqdim qilinadigan sovg’ani rad etib, shunchaki xonandani quchoqlab qo’yishni afzal ko’rdi.

IMG_1816 IMG_1776

Yana bir 10 yoshlik samarqandlik bola Vera Brejnevaga gul taqdim qilib, istasa o’sha onning o’zidayoq Samarqandga olib ketishini aytdi. Bunday jasur yigitchaning taklifidan quvongan xonanda taklif uchun minnaddorchilik bildirdi. Keyin esa bu bolakayni chin dildan yaxshi ko’rib qolib, kuyov qilib olaymi yoki o’zim turmushga chiqaymi deya uzoq xitob qildi.Ohiri 6 yoshlik Sara qiziga kuyov qilishni lozim topdi.

IMG_1768 IMG_1740 IMG_1720

Konsert mobaynida muxlislarning hech bir fikri e’tiborsiz qoldirilmadi.Garchi dasturga kiritilmagan bo’lsa ham Potap bilan kuylangan “Pronto” qo’shig’ini impravizatsiya qilib kuylab berdi. Dasturga muvofiq “Devochka” qo’shig’i bilan tugashi lozim bo’lgan konsert “Nirvana” taronasi bilan yakunlandi. Xonandaning o’zi hech ham ketishni istamayotganini, yurtimiz va xalqimiz unda iliq taassurotlar qoldirgani aytib, O’zbekistonga umrboqiy tinchlik yor bo’lishini tiladi. Konsertga shou biznes vakillaridan xonanda Rayhon singlisi bilan, Kaniza va “Durdona” guruhidan Rushanalar tashrif buyurishdi. Bir kun, ammo bir umrga tatigulik konsert a’lo darajada o’tdi. 

IMG_1712 IMG_1709 IMG_1690 IMG_1683 IMG_1661

 Saytimiz orqali konsert olingan fotosuratlarni tomosha qilib, konsertning otashin haroratini his eting. Konsertdan olingan fotosuratlarni saytdan ko’chirib olish qat’iyan ta’qiqlanadi aks holda tegishla chora tadbirlar amalga oshiriladi.

Поделиться:

Оставить ответ


Мадина
16.12.2015

Сизларни расмиларни кучириб биз бошимизга урамизми. Сизларни расмилар эмас Верани расмини яхши куриб мухлислари тортиб олса буни нимаси ёмон?! Эпласелар сайт очмайсизларми?! Сайтиларга кириб турадиган бор одам хам кирмай куяди бунакада. Условия хам куйиб куяди Яна. Курмаганни кургани курсин.

Nilu
17.12.2015

Qoil qolish kere shokchilarga

boxodir
18.12.2015

пашли всех

 

Похожие новости