Ummon guruhi va Shahzodadan video intervyu. Konsertdagi shok holatlar


Категория: NEWS

_DSC1756

Uzoq kutilgan kunlar ham kelib 27-may kuni «Istiqlol» san’at saroyi ko’p sonli muxlislarning sevimli guruhi «Ummon» guruhining «Eslab qol» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturiga uzoq-u yaqindan zo’r ishtiyoq bilan tashrif buyurgan san’atsevar mehmonlarga mezbonlik qildi. Yodingizda bor avvaldan saytimiz orqali konsert dasturi uchun guruh vakillari qizg’in tayyorgarlik ko’rishayotganini aytib o’tgandik. 


VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH

VIDEONI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

_DSC1438

 Tashrif buyurgan muxlislar-u, mehmon san’atkorlarning bariga ma’qul keldi. Sahna bezagi, qo’shiqqa monand dekoratsiyalar va guruh vakillarining konsert davomida kiygan liboslarigacha o’ziga xos. _DSC1441

Konsert dasturidan «Ummon» guruhining avvalroq kuylangan va barcha yangi qo’shiqlari joy olgan edi. Avval sokin taronalar bilan boshlangan konsert ritmi keyinchalik sho’x qo’shiqlar bilan o’zgarib bordi. Bu safargi konsert dasturida hech qanday duet qo’shiqlar yangramadi. Deyarli har bir qo’shiq uchun alohida sahna ko’rinishi va raqslar sahnalashtirilgan edi. _DSC1455

Konsertning o’rtarog’ida guruh a’zolarining taklifiga ko’ra butun zal ular bilan birgalikda «Qanday unutding» qo’shig’ini birga kuylashdi. Bu juda ajoyib edi. Xatto sho’x qo’shiqlarini kuylashganda tomoshabinlan miriqib raqsga ham tushib olishdi.

_DSC1468

Konsert davomida tomoshabinlarning guldiros qarsaklari-yu, taqdim etishayotgan guldastalarining keti tinmadi. Shu kuni «Ummon» guruhining ashaddiy muxlislaridan tarkib topgan rasmiy fan club a’zolari ham nihoyatda faol bo’ldilar. Ular san’at saroyining ikki tomonida joylashib, «Ummon» guruhini qo’llab-quvvatlab turdilar. _DSC1473 _DSC1487 _DSC1510

Konsert dasturiga guruh muvaffaqiyatining asosiy sababchilari bo’lmish Zohid, Jasur va Shoxruxning onajonlari ham tashrif buyurishgan ekan. Ular o’zlarining ota-ona haqidagi qo’shiqlarini onalari uchun tortiq etib, guldastalar hadya etdilar va muxlislarga konsertdan so’ng, uyga borib onajonlarini quchoqlab, o’pib qo’yishlarini qattiq tayinladilar. Ha, ular yana bir imtihondan muvaffaqiyatli o’tib, muxlislarning mehr-muhabbatiga sazovor bo’ldilar. Ijodlari yana shu zaylda, jo’shqinlikda davom etaversin.

_DSC1512 _DSC1514 _DSC1534 _DSC1560 _DSC1577 _DSC1668 _DSC1673 _DSC1707

«Ummon» guruhining konsert dasturi juda ajoyib bo’lib o’tdi. Konsertdan avval esa sizlar uchun guruh vakillaridan intervyu olishga muvaffaq bo’ldik. Shu bilan birga konsertdagi eng qiziq nuqtalar va konsertga tashrif buyurgan san’atkorlardan betakror Shahzoda va «Afruz» guruhidan konsertdagi taassurotlari haqida ham videolarni sizlarga tayyorlab qo’yganmiz. Ana shu videolarni tomosha qiling. Tez soatlarda videoni davomini tomosha qilasiz. O’ylaymizki bu sizlarga albatta, ma’qul keladi.
_DSC1708
_DSC1739

Faxriniso

 

Поделиться:

Оставить ответ


Ummon fanatka
29.05.2015

voy chaqonsizlaru shok

Sevara
29.05.2015

Nega Shahzoda videoga olib, instagramga qo’ymadilar Ummon

Ruslan
29.05.2015

gullar bir hilde

Umirov. M
22.08.2015

Ummon guruhi sizlarga omad va bundanda ko’proq zafarlarga erishishlaringizda tilakdoshman…..Ummon guruhiga omad.

05.02.2016

Ummon gr Tojikistonga koncert berishga bormidimi