«Ummon» guruhi qayerga yoqolib qoldi?


Категория: NEWS
photo_2015-03-30_21-23-30

Nega so’nggi paytlarda ularning ijodi haqida yangiliklar yo’q? Mana shu kabi savollar tinmay guruhning faol muxlislari tomonidan yuborilmoqda. Tinchlaning aziz muxlislar sevimli guruhingiz hech qayerga yoqolib qolgani yo’q. Axir ular may oyida rejalashtirilgan yakkaxon konsert dasturi va undagi va’da qilingan talaygina syurprizlar uchun tinimsiz tayyorgarlik ko’rishyapti. Shunga qaramasdan tinib-tinchimas guruh a’zolari biroz muddat avval «Tola» deb nomlangan sokin va chuqur ma’noli qo’shiqlarini taqdim etgan edilar. photo_2015-03-30_21-23-37

Har doimgidek yangi qo’shiq ham muxlislar qalbidan iliq joy egalladi. «Ummon» guruhi mazkur sokin taronaga klipmeyker Rauf Nabiyev tomonidan klip suratga olishdi. Hozirgi kunda klip montaj jarayonida. photo_2015-03-30_21-23-18 photo_2015-03-30_21-23-24 photo_2015-03-30_21-23-27 photo_2015-03-30_21-23-33 Klip tayyor bo’lgach uni birinchilar qatorida shok.uzda tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi. Yigitlarning bu qadar juda kuchli yondashib, tinmay tayyorgarlik qilishayotganligiga ko’ra bu yilgi konsert dasturi yilning eng zo’r shoularidan biri bo’ladi chog’i. Ana shunday jo’shqinlik ularni aslo tark etmasin!

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ