Ulug’bek Rahmatullaevning kuz faslidagi konserti hamyonbop bo’ldi


Категория: NEWS
IMG_0393

Katta intizorlik bilan intiqib kutilgan xonanda Ulug’bek Rahmatullaevning konserti bugundan start oldi. Unga uzoq-u yaqindan san’at ixlosmandlari va kuy-musiqa shaydolari tashrif buyurdilar. Konsert har doimgidek ajoyib va sovg’alarga boy tarzda o’tdi. Dasturdan xonandaning eng sara va yurakga yaqin qo’shiqlari bilan birga yangi taronalar ham joy olgan.

IMG_0847

Konsert dasturida ikkita duet tarona yangradi. Ulardan biri latofatli Shahzoda bilan ijro etilgan “Rashk” qo’shig’i bo’lsa, ikkinchisi esa Ziyoda bilan birgalikda kuylangan yangi tarona edi. Konsert mobaynidagi takroriy qarsaklar va muxlislar tomonidan to’xtovsiz taqdim etilgan guldastalar Ulug’bek Rahmatullaevni yanada ilhomlantirdi. IMG_0360IMG_0404 IMG_0409 IMG_0413

Konsertga shuningdek bir qancha mehmon san’atkorlar hamkasblarini qo’llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdilar. Davron Ergashev, Shukurillo Isroilov, Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov, Halima Ibragimova shular qatorida. Konsert dasturi so’nggidagi ikki yangi qo’shiqni xonanda o’z umr yo’ldoshiga atab kuyladi va qarsaklar tinmadi. 

IMG_0418

Xonandaning o’zi ham volidayi muhtaramasiga gul taqdim etdi. Konsertning o’rta qismidagi tanaffusda boshlovchi Davron Kabulov tomoshabinlar bilan jonli o’yin o’tkazdi hamda g’olib va ishtirokchilar “LG” televizori va “Osiyo” kolbasa va go’sht mahsulotlari bilan mukofotlandilar.

IMG_0399IMG_0440 IMG_0457 IMG_0468 IMG_0475 IMG_0480 IMG_0488 IMG_0498 IMG_0506 IMG_0512 IMG_0518 IMG_0521 IMG_0523 IMG_0528 IMG_0548 IMG_0568 IMG_0575 IMG_0579 IMG_0584 IMG_0613 IMG_0699 IMG_0711 IMG_0758 IMG_0811

Barchaning va o’zimizning shaxsiy fikrlarimizni umulashtirib aytadigan bo’lsak konsertga gap bo’lishi mumkin emas, barakalla…! Buni muxlislarning mamnun yuz ifodasidan bilib olish qiyin emasdi. Hattoki kuz mavsumining birinchi raqamli konserti deb ham ta’kidladilar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, muxlislarga qiyinchilik yuzaga keltirmaslik uchun chiptalar qulay narxlarda sotildi.

IMG_0817

Hech kim: «Eh,attang bekorga pul sarflabman. Narxi ham reklamasi ham osmon ediyu, ko’rsatgan karomati bir chaqalik ham emas» deya xitob qilmadi. Bu esa xonandaning yutug’i. Kelganlar darmonda, kelmaganlar esa armonda deb shunday konsertga aytishsa kerakda …Shuningdek dasturning eng qaynoq onlarni muhrlangan videolavhani ham ko’rib yana yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin. Ulug’bek Rahmatullaevni mana shunday o’ziga xoslik tark etmasligining tilakdoshimiz.

Faxriniso

Foto:Ilhom Jumaev

Поделиться:

Оставить ответ


Gulnoza
06.11.2015

Man kecha tushdim zo’r bo’ldi Munisanikiga pulim ketgani qoldi yoQMADI

Mahmud
11.11.2015

munisaniki qanaqa chiqdi ? jovobizi mahmudbotirov@gmail.com da kutaman

Farida
08.11.2015

Doimgidek birinchi silar shok konsertlarni birinchi qoyaslar

Yodgor
10.11.2015

Da hamma maqtavoti zo’r bo’pti shekili rasmlarga qaraganda konsert