Ulug’bek Rahmatullaevning konsert dasturiga qalbaki taklifnomalarni sotishmoqda!


Категория: NEWS
shokuz

Ayni konsertga oz vaqt qolib, tayyorgarliklar avjiga chiqqan bir pallada xonanda Ulug’bek Rahmatullayevga zarba berib, xalqning ishonchini suiste’mol qilayotgan yana bir guruh qalloblar faoliyat boshlab yubordilar. Xonandaning muxlislari ko’pligidan, har yili uning konsertiga juda ko’p muxlislar tashrif buyurishidan va xalqning soddaligidan foydalanib konsert dasturiga qalbaki  taklifnomalarni sotishmoqda. Bu haqida Ulug’bek Rahmatullayevning o’zi ham instagramdagi shaxsiy profilida xabar berib, muxlislarni ogohlantirdi. Qalbaki taklifnomadagi shok.uz saytining logotipini ko’rib hayratlanayotgan bo’lishingiz tabiiy xol.

Untitled-2

Biroq shu o’rinda bu ishga bizning hech qanday aloqamiz yo’qligini, bu surat esa saytimizdan olinganligi uchun unda logotipimiz bor ekanligini ham aytib o’tamiz. Hurmatli sevimli xonanda Ulug’bek Rahmatullayevning konsertiga chipta sotib olishga oshiqayotgan muxlislar chiptalarni sotib olishda ehtiyot bo’ling . Qalbaki chiptani sotib olib bekorga mablag’ingizni yoqotmang. Haqiqiy taklifnoma va biletlarda «Galagramma» bo’ladi. Shunday ekan chipta xarid qilayotganda uning shu jihatiga ahamiyat bering. Bunday oson pul topayotgan yuzsiz firibgarlar tez kunlarda aniqlanadi degan umiddamiz. Ulug’bek Rahmatullayevga esa bunday noxushlikdan sira tushkunlikka tushmay, aksincha yanada katta ishtiyoq bilan konsertga tayyorgarlik ko’rishini aytib qolamiz. Muxlislar ogohlantirildi, o’ylaymizki endi hech kim aldanib qolmaydi. Xonandaga esa ulkan muvaffaqiyat tilaymiz.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ