Ulug’bek Rahmatullaevning konsert dasturidan video. Shahzoda va Ziyoda bilan duet


Категория: SHOK VIDEOLAR
IMG_0404

Ulug’bek Rahmatullaevning konserti haqidagi batafsil ma’lumotdan so’ng, unga qo’shimcha tarzida hamda konsertning eng zavqqa to’la, qiziqarli onlarini siz bilan bo’lishish maqsadida videolavhani ham e’tiboringizga taqdim etamiz. Konsert haqiqatan ham kutilganidan yaxshi tusda o’tdi. Konsert dasturi boshlanishidan ancha ilgari xonandaning hamkacblari tashrif buyurib, yaxshi tilak va istaklarini bildirib o’tdilar. 

VIDEONI MYTUBE DAN KO’RISH

IMG_0341 IMG_0335 IMG_0332 IMG_0327Без имени-1

Sahnaga chiqishdan avval esa O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov konsertni muvaffaqiyatli o’tishini tilab fotiha berdi va kutilgan daqiqalar kelib «Oq kabutarlar» qo’shig’i bilan konsert dasturi ochildi. Konsert faqatgina qo’shiq kuylash bilan o’tmadi. Unda muxlislar, tomoshabinlar bilan jonli muloqotlar ham o’tkazildi. Olisi-u yaqindan konsertga tashrif buyurgan muxlislar o’zlarini xonandaning ijodiga bo’lgan muhabbati va hurmatini izxor qilish uchun deyarli har birligi guldastalar bilan kelgandilar.

IMG_0506

Ulug’bek Rahmatullaev erinmasdan har bir gulni muxlislar qo’lidan o’zi oldi va gullarning barchasini uyga olib borib onajonisiga taqdim etishini aytdi. Qiziqchi Shukurillo Isroilovning xonandaga havasi keldi chog’i, bildirmasdan guldastani olib qo’ymoqchi ham bo’ldi. Xattoki xonandaning «Sog’inib» nomli taronasini yangicha talqinda, hazil-mutoyibaga boy tarzda jonli kuyladi. Shahzoda bilan birgalikda ijro etilgan «Rashk» taronasidan so’ng Ulug’bek Rahmatullaev rafiqasining rashkchi ekanligidan shikoyat qilib oldi. Dasturdagi interaktiv o’yin barcha uchun kutilmagan bo’ldi. Unda ishtirokchilarga karaoke kuylab berishlari va bir qancha maxsulotlarni iste’mol qilishlari talabi qo’yilgan edi.

IMG_0498

O’yinda g’oliblikni qo’lga kiritgan samarqandlik muxlisga «Osiyo» kolbasa va go’sht maxsulotlari taqdim etildi. G’olib sharchalar orqali aniqlab bergan joy egasi esa televizor sohibiga aylandi, mana buni kutilmagan desa bo’ladi. «Ona» haqidagi qo’shiq kuylanganda, monitor orqali shu qo’shiqning klipi namoyish etildi. Mazkur taronadan so’ng Ulug’bek Rahmatullaev onajoniga gul taqdim etib ota-onasini muxlislarga tanishtirdi. Yangi «Qirmizi olma» nomli taronasini xalq iliq kutib oldi va qarsaklar tinmadi. 

IMG_0418 IMG_0413  IMG_0409

Har bir qo’shiq ijrosida uning ohangiga mos ravishdagi raqslar hamrohlik qildi. Konsert kutilmagan muvaffaqiyatga erishdi. Marhamat shaxsan o’zingiz videoni tomosha qilib, yorqin onlarning guvohi bo’ling.

Video: Ilhom Jumaev

Поделиться:

Оставить ответ


Komila
08.11.2015

oooo zoru videoni hozir ko’ramande

Siroj
08.11.2015

eh attang bormabmiz, manga rosa yoqdi

Samira
10.11.2015

Nega Ozodbek Nazarbekov bilan duet yo’q

www
10.11.2015

Ulugbek akamiz qarib ketiptilaru a

mirjalol
16.12.2015

salom iltimos konsertni tuliq quyilar