Ulug’bek Rahmatullaev «Ona» klip premyerasi


Категория: KLIP
123 Ulugbek

Kutilganidan ham a’lo darajada o’tgan konsertidan so’ng ham Ulug’bek Rahmatullaev muxlislarni kutilmagan yangiliklar bilan xursand qilishda davom etar ekan, bugun yangi bir  «Ona» qo’shig’iga ishlangan klipni saytimiz orqali taqdim etamiz. Hayot, sevgi, do’stlik, dunyo xullas deyarli barcha mavzularda qo’shiq kuylagan xonandaning navbatdagi qo’shig’i dunyodagi eng ulug’ va mo’tabar zot onaga bag’ishlanadi.  Aslida qo’shiq ilk bora klipi bilan birgalikda konsert dasturida jarang sochgandi. Tarona kuylanayotganda, monitor orqali uning klipi ham namoyish etilib, qo’shiqdan so’ng Ulug’bek Rahmatullaev ota va onasini tomoshabinlarga tanishtirib, volidasiga guldasta taqdim etgandi. Konsertdayoq qalblardan joy olgan qo’shiq, endilikda ham barchaga yoqishi tayin. Klipi ham o’zi kabi ta’sirli lavhalarni qamrab oladi. Klip rejissyori klipmeyker Sanjar Matkarimov.

KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

Unda farzand rolini aktyor Mirolim Qilichev, ona rolini esa ustoz san’atkor To’ti Yusupovalar xuddu hayotdagidek qilib ijro etib berishgan. Mukammal ijro, mukammal qo’shiq va klip hech biringizni befarq qoldirmaydi. Marhamat tomosha qiling. Darhaqiqat onajonlarimizning duolari abadiy hamrohimiz bo’lsin.

Поделиться:

Оставить ответ


Abbos
14.11.2015

Qoyil gap yoq onalarimizni boriga shukur

Нигора
14.11.2015

Мани севимлигим

Nodi
16.11.2015

Ma’noli va mehrli qo’shiq

Jamshid
17.11.2015

Ulug’bek omad zo’r chiqipti klip

HOLIK
29.01.2016

GEP YOK EKE