To’qlikka sho’xlik qilgan san’atkorlar.


Категория: NEWS
111112222

Hozirgi kunda hayotimizdagi barcha past-u balandliklar o’zimizga ko’zgu misoli yaratilayotgan kinofilmlarda o’z aksini topmoqda. Kinorejissyor Dilshod Ahmedov tomonidan oilaviy hayot masalari yoritib berilgan «To’qlikka sho’xlik» badiiy filmi ekran yuzini ko’rgach, barcha tomoshabinlar bundan juda qattiq ta’sirlanib, o’zlari uchun kerakli xuloslarni chiqarib oldilar va filmni davomini ham suratga olish taklifini bildirishgan edilar. IMG_5714 copy

Ko’p sonli tomoshabinlar talab va istaklariga binoan filmni davomi «To’qlikka sho’xlik 2″ kinokartinasi ham suratga olinib, 1-may sanasida «Alisher Navoiy» nomli kinosaroyida premyerasi bo’lib o’tdi. Filmni tomosha qilish uchun minglab tomoshabinlar va san’atkorlar shu kuni kinosaroyga tashrif buyurdilar. Premyerada barcha film ijodkorlari va bosh rol ijrochilari Oydin Yusupova hamda Sevara Soliyeva, aktyor Adiz Rajabov ham tashrif buyurdilar. Film ijodkorlari va suratga olish jarayonlari haqida qisqacha to’xtalib o’tilgach, kutilgan daqiqalar kelib film ekranda namoyish qilindi. IMG_5719 copy«To’qlikka sho’xlik 2″ avvalgisining mantiqiy davomi bo’lib, faqat bunisida mojarolar boshqa bir oilada davom etadi. Oilaga, rafiqaga, farzanga sadoqatli bo’lish kerakligi, oila muqaddas dargoh ekanligi kinofilmda o’z aksini topgan. Oilaga xiyonat kechirilishi qiyin bo’lgan ayb ekanligi, oxir -oqibat bu qilmishlar qanday yo’l bilan bo’lsa ham javobsiz qolmasligi yorqin kadrlarda, ta’sirchlan lavhalar bilan ko’rsatib berilgan. Bunday tarbiyaviy ahamiyatga ega filmni ko’rgan zaldagi tomoshabinlar jumbushga keldilar, ayrimlarining ko’zlarida yosh ham ko’rindi, eng asosiysi o’zlari uchun kerakli xulosalarni chiqarib olib, oila muqaddas dargoh ekanligin yana bir bor angladilar. IMG_5720 copy IMG_5724 copy IMG_5727 IMG_5732 copy IMG_5734 copy IMG_5738 IMG_5758 copyIMG_5741 copy IMG_5742 copy IMG_5748 copy IMG_5753 copy

Sizlarni ham mana shunday juda katta ma’no-mohiyatni o’zida jam etgan filmni tomosha qilib, madaniy hordiq chiqarish uchun shahrimiz kinoteartlari tomon chorlab qolamiz! Ming marotaba eshitgandan, bir marotaba ko’rgan afzal.

Faxriniso

Foto: Ilhom Jumaev

Поделиться:

Оставить ответ


shaxboz
08.05.2015

tez chiqsin bu kino

Farxodbek
03.06.2015

ajoyib