Timatidan Toshkentga salom!!! Viagra o’rnini bosgan va Motni oyog’ini ushlab olishgan qizlar videosi


Категория: SHOK VIDEOLAR

LostFile_JPG_23136448

Va’daga muvofiq Motning 3-oktabr kuni «Crystal» tungi klubida bo’lib o’tgan konsertining videosini taqdim etar ekanmiz, uning ko’zga ko’ringan shok holatlarini birma-bir ta’kidlab o’tmay iloj yo’q. Konsert chindan-da juda a’lo darajada, ko’tarinki ruhda o’tdi.

LostFile_JPG_23001152


VIDEONI YOU TUBE DAN KO’RISH

VIDEONI KO’CHIRISH

LostFile_JPG_22565568

Hatto videoni tomosha qilganingizda ham o’zingizni konsertdagidek his qilishingiz mumkin. Tashrif buyurgan muxlislarning oqimi ko’pligidan ularning qichqirig’i ba’zi o’rinlarda Motning jonli ijrosidanda balandroq eshitilib turardi.  

LostFile_JPG_23079104 LostFile_JPG_22230400 LostFile_JPG_22006784 LostFile_JPG_21616896 LostFile_JPG_21054016

Jonli ijro davomida muxlislarning bari unga jo’rovoz bo’lishdi. Viagra bilan birgalikda ijro etgan «Kislorod» qo’shig’ini kuylash davomida Viagraning yo’qligi bilingani ham yo’q. Chunki Viagraning o’rniga qo’shiq so’zlarini qizlar ijro etishdi. Shu kuni hech kimning qo’lidan telefon tushgani yo’q, unchalik raqsga ham tushmay barcha suratga, videoga olish bilan band bo’ldi hattoki fotograf va operatorlarning ham hojati yo’q edi go’yo.

 LostFile_JPG_20993216

Deyarli barcha ayniqsa qizlar Mot bilan qo’l berib ko’rishishga oshiqardi, ularning orasida Motning oyog’ini ushlab olib, unga biroz noqulayliklar yuzaga keltirganlar ham bo’ldi. Maxsus qo’riqlov xizmati ham ularni to’xtata olmadi.

LostFile_JPG_20211264 LostFile_JPG_19460736

Motning yana bir sovg’asi bu Timatining «Ti chto takaya derzkaya» qo’shig’ini kuylagani va Timatining ulkan salomlarini Toshkent ahliga yo’llagani bo’ldi. Shou davomida xonanda yangi qo’shig’ini ham premyerasini o’tkazdi. Konsertni esa «Den i noch» qo’shig’i bilan yakunladi. Hullas konsert barchaga ma’qul keldi. LostFile_JPG_19374976

Kelganlar darmonda, kelmaganlar esa armonda qolishdi desak aslo adashmaymiz. Marhamat o’zingiz ham konsertni tomosha qilib uning otashin haroratini his eting.

Faxriniso

Foto:Kamil Bilyalov

Video: Ilhom Jumaev

Поделиться:

Оставить ответ


DIlya
05.10.2015

OOOOOOOOOOOOO MOt obojayu tebya

Shona
08.10.2015

Timati kim u

shavkatjon
29.10.2015

Qo’shiqci

biloldin
13.11.2015

fuck you

halim
24.05.2016

Не фоткалари кучириб булмид