«Tilim qursin 2″ filmida «Endi hamma gapiradi» deyilganicha bor ekan. Premyeradan oldingi hujum


Категория: KINO PREMYERA

IMG_6224

 «Alisher Navoiy» nomli kinosaroyi asl kino shinavandalari va komediya ixlosmandalarini yana bir bora o’z bag’riga chorladi. Mahoratli kinorejissyor, o’z ishining ustasi va har bir filmi mashhurlik-u ommaboplikning cho’qqisini zabt etib kelayotgan ijodkor Jahongir Ahmedov  tomonidan suratga olingan «Tilim qursin 2″ kinokartinasinig premyerasi bo’lib o’tdi. Sevimli filmlar qatoridan joy olib ulgurgan kinofilmning ikkinchi qismini tomosha qilish uchun tashrif buyurganlarning sanog’i yo’q edi. IMG_6186 IMG_6187 IMG_6189 IMG_6190 IMG_6191 IMG_6192 IMG_6193 IMG_6197 IMG_6199 IMG_6203 IMG_6208 IMG_6213 IMG_6216 IMG_6222 IMG_6223 IMG_6229 IMG_6230 IMG_6232 IMG_6220

Hamma intiqib tezroq premyera boshlanishini kutdi. «Tilim qursin 2″ kinokartinasining premyerasida teleboshlovchi Anvar Azimov boshlovchilik qildi. Film taqdimotidan avval bosh rol ijrochilaridan biri aktyor va xonanda Jahongir Turg’unov film uchun maxsus yozilgan saundtrackni kuyladi.

IMG_6238 Bosh rol ijrochilari-yu, ijodiy guruh va ishchi guruh vakillari ham birma-bir tilga olinib tanishtirib chiqildi. Muxlislar sevimli ijodkorlariga guldastalar, yumshoq o’yinchoq va sovg’alar tortiq etdilar. Kinokartinaga hamkorlik qilgan «Toza» choy savdo belgisidan film ijodkorlariga esdalik sovg’alar topshirildi. Kutilgan daqiqalar kelib film namoyishi boshlandi. «Tilim qursin» filmidagi voqealar uning ikkinchi qismida yanada qiziqarli tus olib, kutilmagan tarzda davom etdi. Film epigrafida «Endi hamma gapiradi» deyilganicha bor ekan. Hamma «Toza» savdo belgisining ko’k choylarini ichib olgach, tilga kirib faqat haqiqatni so’zlaydigan bo’lib qolsa bo’ladimi, ana endi mashmashani ko’ravering. Barcha sirlar-u, ko’zbo’yamachiliklar, fitnalar, yolg’onlar birma-bir fosh bo’la boshladi. Hammasi yaxshiku, lekin ba’zi o’rinda yolg’on ham kerak bo’ladi. Bularning barchasi film yakunida o’z xotimasini topdi. Filmni tomosha qila turib, tashrif buyurgan tomoshabinlarning kulgu-yu qarsaklari bir daqiqa ham tinmadi. Bularning barchasi film tomoshabinlar imtihonidan muvaffaqiyatli o’tgani, barchaga manzur kelganining yorqin dalili.

IMG_6256

Bu borada filmda rol ijro etgan aktyor-u, aktrislarning ijrodagi mahoratlariga taxsinlar aytmay iloj yo’q. Barcha film ijodkorlarini bunday katta muvaffaqiyat bilan qutlaymiz. Hamma zamonlarda ham mevali daraxtga tosh otib kelingan. Film katta ekranlarga chiqmasidanoq mashhurlikka erishishi kutilgan edi. Bundan cho’chigan raqobatdoshlar yoxud dushmanlar premyeradan ikki kun avval youtube internet tarmog’iga film banneri aks etgan, saytimizdagi ko’rsatuvlardan hamda behayo lavhalardan tashkil topgan videoni joylashtirdilar. Ularning maqsadi film obro’siga putur yetkazish hamda film ijodkorlari va shok.uz sayti orasiga sovuqchilik tushirish bo’lgani aniq. Yo’qsa nima uchun aynan bizning saytimizni tanladilar.

IMG_6246

Video tarmoqdan o’chirib tashlandi. Dushmanlar esa o’zlari istamagan holda shok.uzni piar qilib berdilar va bu video «Tilim qursin 2″ kinokartinasiga zarracha ham putur yetkazgani yo’q. Aksincha tomoshabinlarning qiziqishi tobora ortib bormoqda. Film yilning eng kassabop kinosidan bo’lishi aniq. Endi tomoshabinlar ham qiziqish yuzasidan «Toza» savdo belgisining ko’k choylarini iste’mol qilib ko’rishsa kerak. Shahrimiz kinoteatrlariga tashrif buyurib, filmni miriqib tomosha qilib, kulib umringiz uzaytiring. Ishonavering ketgan vaqtingizga aslo achinmaysiz. 

Faxriniso

Foto:Ilhom Jumaev

Поделиться:

Оставить ответ


Safar
12.05.2015

Zo’r kino, lekin 1 bundan zo’r edi

murod
15.11.2015

kinoni qaysi saytda ko’rsak buladi iltimos batafsil aytib bering