Tavba! «Surxon» chilarga nima bo’ldi?!


Категория: NEWS
Surxon

“Surxon” guruhi o’zining yangi “Nima qilasiz? nomli taronasi so’zlari bilan bizni shokka soldi…  Tavba, guruh a’zolariga nima bo’ldiki bu mavzuda kuylashdi? Doniyor Mirzo so’zi, O’rol Eshdavlatov musiqasi bila yaralgan qo’shiq so’zlarini qarang…

 Qirmizigulni quchib osam-a,

Gul sharobin ichib osam-a,

Ro’molingiz yechib osam-a,

Nima qilasiz, ey nima qilasiz?

Yaxshiyam ro’mol yechib olishmoqchi…Aks xolda bormiiii?  Ro’mol yechildi, endi o’rab olar desam, bu yog’i oshib tushdi…

Ko’nglingizni xushlab-xushlab

Qo’lingizdana asta ushlab

Ishq bog’iga ketsama boshlab

Nima qilasiz, ey nima qilasiz?

 Tum tarakay ko’chadi qiz tushmag’ur….

Davomida hammasi oshkor bo’lishini ham ta’kidlashganiga nima bor, a nima bor?!…

Ko’kda oy ham rozi bo’lsa

Yulduzlarda nozi bo’lsa

Sevgimiz ovoza bo’lsa

Nima qilasiz, ey nima qilasiz?

Nima qilardi?! Uyidagilari oldida, mahalla kuyda sharmanda bo’ladida qiz bechora. Tegmaslikka boshqa chora ham yo’q. Ro’mol yechilgani….Ishq bog’ida yurgani… Hammasi ovoza bo’lgach tegadida…

Qadamingiz mayda desam

Mahallangiz qayda desam

Uyingizga izlab borsam

Nima qilasiz, ey nima qilasiz?

 Bular ish bo’lguncha, mahallasi, uyi surishtirilmagan ham… Endi sovchi bilan boraqoling “Surxon” chilar… Ana sizga qo’shig’u, mana sizga qo’shiq… Ammo mazkur tarona xit bo’lishi aniq! Axir bu xolni boshidan o’tkazayotgan, bog’u–rog’larni turli burchagida qo’shiqdagi kabi xayot kechirayotganlar kammi?! Qolaversa guruh o’z uslubidan 180 gradusga o’zgarib sho’x tarona yaratgan…

Yodgorbek Yuksal

Поделиться:

Оставить ответ