Tamilaning tarqalgan videolari xonandalar muhokamasida


Категория: MISH-MISH
Tamila 1

Shou-biznes olamida so’nggi kunlarda eng katta bahs-munozara va ko’plab dilxiraliklarga sabab bo’layotgan mavzu ijtimoiy tarmoqlar orqali yashin tezligida tarqayotgan xonanda Tamilaning videolari bo’lmoqda. Bu haqida gapirmagan odam-u, yozmagan sayt qolmadi hisob. Paymonasi to’lgan Tamilani yana bezovta qilmaylik deya bunga aralashmayotganimizda, muxlislar tomonidan mazkur video va mavzuga doir ko’plab xatlar, savollar yuborilmoqda. Avvalambor bu masalaga faqat bir tomondan nazar tashlashning o’zi noto’g’ri. Bu video suratga olingan paytda xonanda qanday ahvolda edi, aldov yo’li bilan biror bir salbiy ta’sir ko’rsatuvchi moddalar qabul qilganmi yo’qmi, xullas masalaning mana shunday ikkinchi tomoni hech kimga ma’lum emas.  Hamma Tamilaning axloqsizligini namoyish etuvchi videolar bor, mana ko’rdik, demak u yomon deya osongina xulosa chiqarmoqda. Kimning o’tmishida o’zi eslashni xohlamaydigan qora dog’lar bo’lmaydi deysiz. El tanigan, davlat mukofotiga sazovor bo’lgan ne-ne san’atkorlarning hayotida bundan-da sharmandali holatlar bo’lgan. Boshqalarnikiga ko’z yumilgan paytda, bir zumda bosdi-bosdi qilinganida Tamila chuqur, tubsiz botqoqlikka botirib yuborildi. “Suvni ko’rmay etik yechma” deyilganidek, masalaning tub mohiyatini anglamay turib Tamila bulg’ash ham mutlaqo haqsizlik. Mana shu masala yuzasidan xatto san’atkorlarning orasida ham instagram tarmog’ida dolzarb, jiddiy bahslashuvlar bo’lyapti.

 Tamila

Tamilaning o’zi hammasidan to’yib instagramdagi shaxsiy sahifasiga rasm joylab izoh qoldirdi-yu, keyinchalik sahifasini butunlay o’chirib tashladi. Bunday tushkun izohdan uning juda kuchli depressiya holatida ekanligini anglab olish qiyin emas.

Tamila va Lola

Ayniqsa xonanda Lola sahifasiga masalaga va bolib otayotgan gap-sozlarga javoban ozining shaxsiy qarashlarini yozganida, mazkur rasmning izohlarida muxlislar-u, sanatkorlar bir-biriga gap bermay anchagina olishishdi. Bu borada Lola va Aziza Nizamova  masalaga mantiqan  baho berib, mana shunday qiyinchilik onlarida xonandaga ruhan madad bagishlashdiTamila

Bir paytlar Tamiladan pul olib evaziga uni yuksak pogonalarga kotarib, tinmay qoshiq-u kliplarining tarifini keltirishga soz topolmay qolganlar esa bu video tarqaganda ular orqali Tamilani yomonlab, saytdan foydalanuvchilarning sonini oshirib olishyabdi. Unaqasiga ham bunaqasiga ham xonandaning ishlaridan faqat foyda ko’rib olishmoqda. Mana shu videolarning tarqashidan kimlardur manfaatdor va hozirda ari inini qo’zg’ab qo’yib, chetdan boqib o’z ishlaridan boshlari osmonga yetib, ichlariga sig’may ketishayotgandir. Bu borada ko’r-ko’rona xulosa chiqarmay, ongli ravishda fikrlab xulosalaydiganlar ham bor. Siz nima deb o’ylaysiz? Fikrlarni izohlarda qoldiring.

Поделиться:

Оставить ответ


nostalgia
01.02.2016

Birovni muhokama qilish bizgamas

01.02.2016

E qòyilare bu birinchi martamasku.

Mirjalol
02.02.2016

Insofni har kim òziga sòrasin, bu qiz yosh bola emas nima qilayotganini òzi biladi òzi shuni xoxlapti

xxx
02.02.2016

zakaz maqola yozmasdan voqeaga holis izox berish kere. qiz bolani sharm hayosiga to’g’ri kelmaydigan ish qilgani ko’rinib turibtiyu. namuncha paxta qo’ymasela

нигина
04.02.2016

Лазиза сиздака кобра илонни хаётда курмадим ишонаверинг

Ilyos
03.02.2016

Бир нарсага хайронман бу макола бн ширакай бегоналарга уз кетини осган узбек кизини окламокчимисиз.хаммаси ойдек равшанку уни хулки одоби канакалиги Яна канака хулосага шошилмайлик а?????.

hayrullo
03.02.2016

Kimgadir loy otma, unga tegmasligi mumkin ammo o’zingni qo’ling loy bo’lganligi qoladi. Shayx Xazratlari aytgan ibora. Agar iymoni bo’lsa o’ziga havola. Bir voqea esimga tushib ketdi. Bir inson zino qilayotgan ekan. Devorda teshik bo’lib unda ko’rinib turardi. Bir musulmon inson o’tib ketayotib shu ishni birov ko’rmasligi uchun haligi teshikni kesak bilan yopib ketgan ekan. Shu ishi tufayli jannatga tushgan ekan.
Hozirchi biz musulmonlikni qo’ya turaylik balki bir kesakchalik ishni ham eplay olmayapmiz. Berkitish o’rniga tarqatyapmiz. Hammani Vijdoniga havola. Ayrimlar o’sha saytlarga kirib yanada qiziqishi oshib axtarib topishi mumkinku. Buni naxotki o’ylab ko’mayapti bilmadim.

04.02.2016

Bu wunchaki muhokamaku kitobizni yaxwilab òqing zino qiganlar aslida towbòron qliniwi kere. Ayolni yòlga soliw erkelarni vazifasi. Wu iwi un kimnidr gunihga botiradi wunaqalar. Lekn kòrw gunoh tòğri. Barbr uni yòldan qaytarmasligam gunoh bilseyz

Uzbek
05.02.2016

Tfu sandaqa otarcharga