Shoxruhxon «Yulduzlar» klip premyerasi. Zarina Nizomutdinova va Shoxruhxonlarning sevgi hikoyasi


Категория: KLIP
Shoxruhxon klip

Zarina Nizomutdinova va Shoxruhxonlarning sevgi romani asosida suratga olingan klip. Bir bor ekan, bir yo’q ekan, Andijonlik Shoxruhxon do’st-u birodarlarining so’ziga quloq tutmay Toshkent go’zali Zarina Nizomutdinovaga oshiq ekan. Sevgi sabab Toshkent ko’chalari bo’ylab anchagina sarguzashtlarni boshidan kechirishiga to’g’ri keldi. O’rtoqlari xayrixohligida nikohdan o’tish uchun ariza topshirayotganda Zarinaga Shoxruhxon uni qo’lini so’rab taqdim etgan uzugi yoqmadi.

Shoxruhxon klip 1

KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

KLIPNI 3GP FORMATDA KO’CHIRISH

Shoxruhxon klip 2

Bu bois Zarina bu taklifni nafaqat rad etdi balki ko’chadagi motosiklni haydab jo’nab qoldi. 

Shoxruhxon klip 3Shoxruhxon klip 9Shoxruhxon klip 8Shoxruhxon klip Glavni fotoShoxruhxon klip 6Shoxruhxon klip 10

Ana endi kuyovning do’stlari-yu, kelinning dugonalari uning ortidan halak bo’lib, xatto Andijon polkasiga raqs tushib Zarinani turmush qurishga ko’ndirmoqchi ham bo’lishdi, bunga achchiq qilgan Zarina Shoxruhxonni suvga itarib yuborib, yana bir bora dilini og’ritdi. 

Shoxruhxon klip 11 Shoxruhxon klip 5

Yo’q Shoxruhxon chin dildan Zarinani sevar ekan, motosiklning egasi jaxl bilan kelganda ham u tufayli kaltakning tagida qoldi. Oxiri Zarinaning ko’ngli erib, Shoxruhxonga ro’yxushlik bergan edi, shuncha noz-u firoqlardan so’ng uzukdan ham quruq qoldi. 

Shoxruhxon klip 4

Ha, aytganday Shoxruhxon va Zarina Nizomutdinova turmush qurayotgan ekan deb o’yldingiz chog’i, yo’q biz sizga Shohruhxonning yangi «Yulduzlar» nomli qo’shig’iga suratga olingan klipning syujetini qisqacha tarzda hikoya qilib berdik. Klipni klipmeyker Yodgor Nosirov, Toshkentning eng go’zal maskanlarida suratga olgan. Klipda Shoxruhxonning ukasi Shuhrat Yo’ldoshevning ham ijrosini ko’rishingiz mumkin. Klip yumoristik tarzda tasvirga olingan bo’lib,  yuzingizga samimiy kulgu bag’ishlashi bilan bir qatorda undagi yorqin kadrlar qalbingizga bahoriy iliq kayfiyatni ham tortiq etadi. Marhamat miriqib tomosha qiling.

Поделиться:

Оставить ответ


Farangiz
25.11.2015

Bir ko’rish uchun bo’ladi, lekin tavsiya qimasdim atak

Charos
26.11.2015

Shohruxon qarib ketiptimi Lekin baribir asalde :)

bek
28.11.2015

zarinayam ancha hunulashibdi basharani qarela kampir

Murat
06.12.2015

dabdala