Sherzodbekdan «Bugun» taronasi


Категория: MP3
photo_2015-12-24_00-55-25

“Nihol” nomli davlat mukofoti sohibi , tirishqoq va o’ziga nisbatan o’ta talabchan bo’lgan xonanda Sherzod Bek qo’shiq kuylash barobarida o’zini aktyorlik borasida ham sinab ko’rdi. Yangi yil arafasida “My5” telekanali uchun maxsus suratga olingan “Salom va hayr” videofilmida bosh rollardan birini ijro etdi, hamda shu film uchun xonanda ijrosida maxsus soundtrack ham yozildi. Sherzod Bek ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida “Bugun” deb nomlangan yangi qo’shiq haqida ma’lumot berar ekan “O’zim uchun ham kutilmagan tarona”,- deb izoh bermoqda . 

QO’SHIQNI TAS IX TIZIMIDAN KO’CHIRISH

Darhaqiqat, mazkur qo’shiq nafaqat Sherzod Bekning o’zi uchun , balki muxlislar uchun ham kutilmagan yangi yil oldi sovg’asi bo’ldi. Tinglaganda quloqqa yoqimli va chuqur ma’noga ega qo’shiq, insonlardagi o’ziga bo’lgan ishonch, hayotga muhabbat va shukronalikni yana oshiradi. Qo’shiqda tilga olinganidek inson o’z kuchiga ishonib, o’tayotgan har bir soniyani qoldan boy bermay, undan samarali foydalanib, har ondan baxtni tuyib yashashi kerak. Marhamat betakror va yoqimli ovoz sohibi Sherzod Bek ijrosidagi yangi “Bugun” nomli qo’shiqni tinglab baho bering.

Поделиться:

Оставить ответ