Shahzoda&Sinan Akcil «Hirka» klip premyerasi. Shahzoda suv parisi qiyofasida


Категория: KLIP
Shahzoda va Sinan

 

Bugun 1-dekabrning ilk kuni va aytib o’tganimizdek betakror Shahzoda va Turkiyalik mashhur pop yulduz Sinan Akcil ijrosidagi «Hirka» (Jemper) deb nomlangan qo’shiq va klipni e’tiboringizga taqdim etamiz. Mazkur ijodiy hamkorlik haqida ilgari ma’lumot va fotosuratlarni saytimizga joylagan edik. Jahonning ko’pgina mashhur san’atkorlari bilan qo’shiq kuylagan Shahzodaning navbatdagi dueti ham xit bo’lishiga imonimiz komil. «Hirka» taronasiga mahoratli klipmeyker Timur Pirimkulov klip suratga olgan. Klipning syujetlari Istanbul va Toshkent shaharlarida tasvirga olingan. Videoketmaketlikni ko’riboq uni ichiga sho’ng’ib ketasiz. Betinim ijod qilayotgan Shahzoda esa yangi kliplari orqali yanada go’zal qiyofalarda namoyon bo’lmoqda. Marhamat mazkur klipni tomosha qilib bunga o’zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

 
KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

Shahzoda va Sinan 3 Shahzoda va Sinan 2 Shahzoda va Sinan 1Shahzoda va Sinan 4Shahzoda va Sinan 5
Поделиться:

Оставить ответ