Shahzodaning yangi ko’rinishdagi konsert banneri


Категория: NEWS
shahzoda.banner

O’zbek estradasining mega yulduzi, betakror va latofatli Shahzoda har yilgi an’anani davom ettirgan holda 1,2,3,4,5,6,7-may kunlari soat 19:00 da «Istiqlol» san’at saroyida o’zining yakkaxon konsert dasturi bilan muxlislar hukmiga havola etadi. Bu yilgi konsert dasturiga allaqachon jiddiy tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Buni konsert banneridagi Shahzodaninng go’zal tashqi ko’rinishidan ham anglab olish qiyin emas.

shahzoda_web copy

Xonanda nafaqat konsert dasturlari, balki har yilgi dastur uchun yaratilgan reklama bannerlari bilan ham lol qoldiradi. Dasturdan yangi taronlar, qo’shiqqa mos raqslar, duetlar o’rin oladi. Biz shok.uz jamoasi har doimgidek bu yilgi konsertdan birinchilar qatorida eng to’liq foto va videoreportajlarni e’tiboringizga havola etamiz. Konsert haqidagi qaynoq yangiliklarni saytimiz orqali bevosita kuzatib boring. Yilning eng ajoyib konsert dasturiga tashrif buyurishni qo’ldan boy bermang.

Поделиться:

Оставить ответ