Shahzoda hamda Ulug’bek Qodirov yana sevishgan juftlik obrazida


Категория: NEWS

photo_2015-12-27_15-07-47

Avval ham aytib o’tganimizdek betakror Shahzodaning Yangi yil uchun atab qo’ygan sovg’alari hali yakuniga yetgani yo’q. Rep yulduzi Shoxruh va Shahzoda hamkorligidagi «Ket» nomli duet tarona tayyor bo’ldi va kelgusi yilga o’tmasdan, shu yilning o’zida mazkur kompozitsiya uchun klip suratga olindi. Syujet va trackdan ibotat bo’lgan video ketma-ketlik «Benom» media tomonidan tasvirga olindi. 

photo_2015-12-27_20-16-04 copy

Ikki kun davomida Toshkent shahri va «Botanika» bog’ida suratga olish ishlari bo’lib o’tdi va unda bosh rolni iste’dodli aktyor Ulug’bek Qodirov hamda Shahzoda sevishgan juftlik obrazini yaratganlar. Yil yakuniga qadar premyerasi bo’lishi kutilayotgan qo’shiq va klip Yangi yil uchun haqiqatan ham munosib sovg’a bo’ladi. Premyerani shok.uzda kutib qoling.photo_2015-12-27_15-07-31 photo_2015-12-27_15-07-36 photo_2015-12-27_20-15-58 copy

Поделиться:

Оставить ответ