Shahzoda va Benom guruhi oshxonani boshlariga ko’tarishdi


Категория: NEWS
PHOT8077

Qish kunlarida sizga harorat ulashishda davom etarkanmiz, bu galgisi har bir muxlis uchun kutilmagan bo’lishi aniq. Uzoq yillardan beri e’tiboringizga siz sevgan yulduzlar bilan tortiq etilayotgan “Bozordagi Shok holat” loyihasini endilikda yangicha talqinda havola etayotganimizdan ma’lum qilmoqchimiz. Darhaqiqat yangi son kutilmagan san’atkorlar, betakror onlar, maroqqa va sarguzashtlarga to’la lahzalardan iborat. Avvalo loyihamizning qoidasiga binoan san’atkorlar tomonidan pishiriladigan taomga kerakli masalliqlarni xarid qilish uchun bozorga tashrif buyurdik. Darhaqiqat bu safargi xarid jarayoni har birimiz uchun kutilmagan bo’ldi. Shou-biznes yulduzlarining bozorga tashrifi larzaga solgan bo’lsa, bozor uchun joriy qilingan yangi qonun esa ko’plab muammolar, urush-janjallarga sabab bo’ldi. Lekin shunda ham bir amallab, loyihamiz tasvirga olishga muvaffaq bo’ldik va ayni shunisi bilan ham bu jarayon hech qachon esimizdan chiqmasa kerak. Kerakli mahsulotlani xarid qilgandan so’ng taom tayyorlash uchun Yunus Obod mavzesidagi “Oscar” restoraniga tashrif buyurdik. DSC_2411

Mega yulduz Shahzoda va “Benom” guruhi restoranga fayz kiritib, oshxonani boshlariga ko’tarib “Bozordagi Shok holat” uchun maxsus taom tayyorladilar. Aytib o’tish joizki, konsertga tayyorgarliklar-u uning tashkiliy ishlari bilan bir daqiqa ham tinim bilmay mehnat qilayotgan Shahzoda muxlislarini ham xafa qilmay vaqt ajratib loyihamizga tashrif buyurdi. Taom tayyorlash jarayoni ham bir-biridan qiziqarli voqealarga boy bo’ldi. Kimdir dangasalik qilgan bo’lsa, yana kimdir hech bir ishdan qochmay mehnat qildi. Gap kim haqida ketayotganini esa yaqin kunlarda videoni tomosha qilib bilib olasiz. DSC_2368 DSC_2359

Shu bilan birga loyihamizdan jonli ijro ham joy oldi. Hozircha e’tiboringizga loyihadan fotosuratlarni taqdim etamiz, video esa tez kunlarda namoyish etiladi. Loyihani tasvirga olishga yaqindan yordam bergan “Oscar” restoranining mehmondo’st jamoasiga va fotosurat hamda video uchun “Picasso” studiyasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

DSC_2311

KHAN9364

Barchangizni “Oscar” restoraniga taklif qilamiz. Bu yerda mazzali taomlarni iste’mol qilishingiz mumkin. Yunus Obod mavzesi 8kv tel: (71)224-42-44 (90)954-42-44  

 

Поделиться:

Оставить ответ


нигина
16.02.2016

КАЧОН ВИДЁСИНИ КУЯСИЗЛАР ШОК.УЗ

alish
23.02.2016

shahzoda chotki narsade

J.I.M
27.02.2016

Шахзода бу йил хам концерт берармикан? Билсаларинг ёзварила! Олдинлан рахмат!!