Shahzoda tez kunda sirli yangi albomni taqdim etadi


Категория: NEWS
shahzoda albom

Betakror Shahzoda bu yili o’z ijodiga 15 yil to’lishi munosabati bilan uyushtirayotgan konsert dasturiga hech qancha vaqt qolmadi hisob. Kuni repetitsiya-yu, ovoz yozish studiyalarida tinimsiz mehnat bilan o’tayotgan xonanda konsertidan juda ko’p syurprizlar o’rin egallashini tinmay ta’kidlamoqda. Ha, olib borilayotgan ishlardan konsert dasturi nihoyatda zavqli o’tishini shundoq anglab olish qiyin emas. Qolaversa Shahzoda hamisha o’z dasturlari bilan muxlislarini lol qoldirib kelgan. Shu o’rinda Shahzodadan yana bir ajoyib yangilik. Shu kunlarda xonanda nafaqat konsertga balki, yangi albom taqdimotiga ham jadallik bilan taraddudlanmoqda. Yangi albomning nomi «Rahmat hayot» bo’lib, undagi qo’shiqlarning ketma-ketligi hozirga qadar sir tutilmoqda. Xonanda konsertdan so’ng albom taqdimotini o’tkazishni ma’lum qildi. Barchasidan taqdimot kuni boxabar bo’lishimiz mumkin ekan. Shunday ekan hayajonli onlarni intiqib kutib qolamiz!

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ