Shahzoda & Shoxrux «Ket» klip premyerasi


Категория: KLIP
Без имени-1

KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

Oradan roppa-rosa 10 yil o’tib shou-biznesning ikki ko’zga ko’ringan vakili betakror Shahzoda va rep ustasi Shoxrux «Benom Media» bilan hamkorlikda «Ket» nomli yangi va o’ta ta’sirli duet tarona kuyladilar. Aslida qo’shiq ancha avval tayyor bo’lgandi, lekin ijodkorlar taronani klip bilan bir vaqtda taqdim etishni istashdi. Shahzoda va Shoxrux tomonidan kuylangan «Ket» qo’shig’ini va unga ishlangan klipni saytimiz orqali e’tiboringizga havola etamiz. Klip ham «Benom Media» tomonidan suratga olingan bo’lib, unda bosh rollarni Shahzoda va Ulug’bek Qodirovlar ijro etishgan. Darhaqiqat qo’shiq va klip nihoyatda ta’sirli va uni tinglab, tomosha qilgan inson borki so’zsiz ko’nglidan joy oladi. Klipda Shahzodaning aktrsalik mahorati yanada ochilgan, Ulug’bek Qodirov ham o’z rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan. To’g’risini aytganda klip syujetlari biz tasavvur qilgandan ancha boshqacharoq ekan. Ijodkorlarni muvaffaqiyatli ijod mahsuli bilan tabriklaymiz. Marhamat muxlislar yangi tarona va klipdan bahramand bo’ling.

Поделиться:

Оставить ответ


ZIYODA
11.02.2016

Ashulayam Klip ham ZO`R ciqpti. Ijodilaga omad. Kelgusida birgalikdagi ijod namularila yanayam ko`paysin.