Shahzoda «Rahmat hayot» albom taqdimotida sirlari bilan bo’lishdi


Категория: FOTOREPORTAJ
_DSC4901

Intiqib kutilgan kun ham kelib bugun xonanda Shahzodaning va’da qilingan «Rahmat hayot» nomli albomining taqdimoti «Discovery» do’konida, ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Yangi albomning taqdimot marosimiga ommaviy axborot vositalari, xonandaning rasmiy fan clubi va ashaddiy muxlislari tashrif buyurdilar.   

_DSC4751

Kelgan muxlislar shunchaki quruq qo’l bilan emas, o’zlari bilan xonanda uchun atalgan nafis guldastalarni olib keldilar. Avval ham aytib o’tilganidek albomdan sevimli qo’shiqlar qatorida, konsertda ilk bora kuylangan yangi qo’shiqlar va duetlar ham joy olgan.

._DSC4759 _DSC4769

Xonandaning o’zi avval yangi albomi haqidagi ma’lumotlar bilan bo’lishdi, muxlislarining savollariga javob berdi, shuningdek ijodida kutilayotgan yangiliklar haqida tashrif buyurganlar bilan o’rtoqlashdi. Shahzoda o’zining tilidan aytgan yangiliklarga ko’ra tez kunlarda «Bojalar» guruhi bilan kuylangan duet qo’shiqga va «Samolyot» nomli taronasiga tez kunlarda klip suratga olinar ekan.

_DSC4855

Shu bilan birga xonanda tez kunlarda yana yangi ikkita duet qo’shiqni muxlislar e’tiboriga havola etadi. Lekin bu galgi duetdoshlar na o’zbek, na rossiya shou-biznes olamining vakillari, to’g’rirog’i ularning kimligi hozircha sir.

_DSC4835

Rossiyadagi eng ommabop musiqiy telekanal hisoblangan «MuzTV» kanali orqali namoyish etiladigan konsertda Shahzoda DJ Piligrim bilan hali hech qayerda yangramangan yangi duet taronani ijro etishar ekan. Undan so’ng esa xonandani chet ellardagi konsertlar kutmoqda, Istanbulda ham. Amerikada DJ Piligrim bilan bo’lib o’tadigan konsert haqida esa avvalgi maqolalarimiz orqali xabar bergandik.

_DSC4847_DSC4915 _DSC4916 _DSC4925 _DSC4931 _DSC4944 Muxlislar barcha savollariga javob oldilar. Shahzoda muxlislariga albomining ustiga iliq tilaklarini bitib, dasxatlar qo’yib berdi. Suratlarga, birgalikda ‘selfie’ga ham tushdilar. 

_DSC4954 _DSC4958 _DSC4962_DSC4973

Taqdimot marosimi tugab xonanda avtomobilga o’tirayotganda ham muxlilsar uning ketidan ergashib, baland ovozlarda xonandaning ijodiga omad tiladilar. Biz ham muxlislar tilagiga qo’shilgan holda faqat va faqat muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Faxriniso

Foto:Kamil Bilyalov

Поделиться:

Оставить ответ


Charos
12.05.2015

rasmlar zo’r chiqipti rahmat shokuz

Love shahzoda
12.05.2015

mani asal shahzodam doimgidek chiroyli taqdimot zo’r bo’ldi

kamila
12.05.2015

Shahzodaxone

fayzullo
12.05.2015

qani wahzodani konsertini videosi. vada bergan edilarin-ku??

madina
10.02.2016

engliz tilini bilalmi