Shahzoda qariyalarni raqsga chorlab, o’zi ham miriqib raqsga tushdi


Категория: FOTOREPORTAJ

009«Qarisi bor uyning parisi bor» deb bejizga aytmaydi xalqimiz. Darhaqiqat keksalar uyimizning farishtasi, o’tmishning oynasi, ular bor yerda fayz-baraka, totuvlik bo’ladi. Yurtimizda keksalarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ular uchun mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash uchun 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi va yil boshidan davlat dasturidagi qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunday xayriya ishlari nafaqat davlatimiz tomonidan, balki ko’ngilli yurtdoshlarimiz tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Afsuski, ma’lum sabablarga ko’ra boquvchisini yoqotgan, mehrga tashna keksalar ham bor. Ular davlat ixtiyoridagi «Qariyalar uyi»da qulay shart-sharoitlarda, u yerdagi ishchi va xodimlar qaramog’ida bo’lishadi. Bunday «Qariyalar uylarida» davlatimiz tomonidan keksalarni ko’nglini ko’tarish, qolaversa madaniy hordiqlarini chiqarish maqsadida turli tuman tadbirlar o’tkaziladi. Mana shunday ko’ngilochar tadbirlardan biri xonanda Shahzoda va uning fan clubi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Qariyalar uyi»da o’tkazildi.

002 005007 008

010 012 013Dastavval komik lavhalarga boy xit parad ketma-ketligi fan club qizlari tomonidan namoyish etildi. Tadbir davomida Shahzoda repertuaridagi eng sara qo’shiqlarni kuylab, keksalarni raqsga chorladi va o’zi ham miriqib ular bilan birga raqsga tushdi. Aktrisa Shahzoda Matchonova ham badiiy kechaga tashrif buyurgan edi. Bunday e’tibor-u, mehr-muhabbatdan ruhlangan «Qariyalar uyi»dagi keksalar so’zga chiqib o’z dil izxorlarini bayon etdilar. Yana fan club a’zosi  Dilzoda ham xonanda Shahzodaning qo’shiqlarini maromiga yetkazib kuyladi. Hokimiyat ham aynan shu kunga tadbir belgilagani bois, ikki tadbir bir vaqtda o’ztkazildi. Uning doirasida xonanda Umar Shamsiyev va Ilhom Farmonov tashrif buyurib, o’z qo’shiqlari bilan barchani xushnud etishdi.  014015 Badiiy kechaning yakuniy qismida fan clubning yigitlari o’sha mashhur «Kelinlar qo’zg’aloni» spektaklidan kulguga boy bo’lgan sahna ko’rinishini taqdim etib, keksalarning yuziga tabassum ulashdilar. 016

Jonli dastur, yoqimli qo’shiqlar, jonli muloqot, xullas hammasi ko’tarinki ruhda o’tdi. Tadbir tashkilotchilari qariyalarning duosini olishdi. Yurtboshimiz aytganlaridek, «Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak!»

Faxriniso

Foto:Muzaffar

Поделиться:

Оставить ответ


parvina
27.03.2015

videosi yo’mi

shabnam
27.03.2015

:) :) ;) :)

Aziza
27.03.2015

Vidyosi chiqadmi

Islomova.
27.03.2015

Zur buptiki nega video quymadila Uzbekistonda bahir fasli ajoyib utvotkanakanku iloji busa videoni ham quyila Laziza bunaqa tadbirlani kupro qiliwsa yaxwiro buladi.