Shahzoda o’ynatmoqchi tonggacha. Yangi «O’ynaymiz tonggacha» qo’shiq premyerasi


Категория: MP3
Shahzoda 1

Estradamizning yorqin yulduzi, betakror Shahzoda mo’jizaviy bayram arafasida yangi taronani muxlislariga tuxfa sifatida taqdim etadi. Yangi qo’shiq «O’ynaymiz tonggacha» deb nomlangan bo’lib. u yangi yil kechasidagi shodlikka boy shukuhni, insonlar qalbidagi quvonchni shu bilan birga kelgusi yil uchun barchaga eng samimiy tilaklarni qo’shig’i orqali muxlislarga yo’llaydi. Sho’x va raqsbop kompazitsiya ayni bayrambop bo’lib, yangi yil oqshomida do’st-u birodarlarimiz, yaqinlarimiz davrasida miriqib raqsga tushishimiz mumkin. 

QO’SHIQNI KO’CHIRIB OLISH

Qo’shiq musiqasining muallifi Kalen Moraru, matni esa «Benom» guruhi a’zosi Komilga tegishli. Marhamat yana bir yangi taronadan bahramand bo’ling Ha aytganday bu xali sovg’alarning oxirgisi emas. Shahzoda bu yilgi bayram tantanasi uchun juda ko’p yangiliklarni tayyorlab qo’ygan. Demak saytimizda kutib qoling…

Поделиться:

Оставить ответ