Shahzoda kutilmagan ko’rinishda klip oldi


Категория: NEWS
IMG_20151103_105714

Latofatli Shahzoda muxlislarini ko’p intiq qilmay kutilgan taronaning kutilmagan klipini aziz muxlislarga taqdim etadi. O’zgacha yo’nalishdagi yangi qo’shiqning nomi «Deja vyu» bo’lib, uning yaratilishi ustida bir necha jonkuyar ijodkorlar mehnat qildilar. Xususan, qo’shiq matnining muallifi Jamshid Shodiyev, musiqasini esa iste’dodli bastakor Kalin Morarov bastalagan. Yangi qo’shiq uchun klip ham suratga olindi.  IMG_20151103_105716 IMG_20151103_105718 IMG_20151103_105719 IMG_20151103_105721 shahzoda_new_foto

Videoklipni esa taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov suratga olgan. Videoketmaketlk track va syujetdan tashkil topgan. Klipda bosh qahramonlar obrazini talqin qilish esa Akbarxo’ja Rasulov va Madina Yusupovalardek iste’dodli aktyorlarga ishonib topshirildi. Ular ham vazifalarini mahorat ila uddasidan chiqdilar.

Без имени-1

Shahzoda aks etgan tracklarda uni butkul o’zgacha, yangicha qiyofada ko’rasiz. Mazkur obrazlar doim yangilikka, o’zgarishlarga intiluvchi talabchan xonanda uchun mahorat ustalari tomonidan maxsus yaratilgan. Har doimgidek navbatdagi tarona va klip har bir muxlisning qalbini egallab, sevimlilar qatoridan joy olishiga imonimiz komil. Tez kunda yangi tarona va o’zgacha klipdan bahramand bo’lasiz.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Komol
05.11.2015

O’zbek estradasida eng go’zal xonanda bu Shahzodalarde

Rashid Aka
06.11.2015

eee bo’larkanu Shahzoda shunaqa klip osayam rasmlar zor

Guli
10.11.2015

Zilola moladets shunaqa ko’rinishda ko’pro yurin asalim