Shahzoda konsertida kutilmagan yulduzlar birga raqsga tushib kuyladi


Категория: FOTOREPORTAJ
IMG_0600

Ko’p sonli muxlislar tomonidan intiqib kutilgan o’zbek estradasining jonkuyar ijodkorlaridan biri xonanda Shahzodaning ijodiga 15 yil to’lganligi munosabati bilan bo’ladigan konsert 1-may sanasida start oldi. Tashrif buyurgan muxlislarning sanog’i yo’q. Ularning barchasi konsertning boshlanish vaqtiqini intizorlik bilan kutishdi. Kutilgan daqiqalar keldi-yu sahna pardalari ochilib, Shahzoda farishta misoli oppoq libosda paydo bo’ldi. U birinchi bo’lib eng sevimli qo’shiqlaridan bo’lgan «Bor ekan» nomli qo’shigi’ni kuyladi. Birinchi qo’shiqdan so’ng muxlislar bilan o’zbek tilida salomlashdi, tashrif buyurganlar buni kutishmagan edi.

IMG_0088

 Keyin esa «To’rt qadam» qo’shig’ini butun zal bilan birgalikda jonli ijroda kuyladi.

34555IMG_0036 IMG_0058 IMG_0136

Konsert oldi tayyorlanuv jarayonlarida ta’kidlanganidek konsert syurprizlarga boy bo’ldi. Ilk syurprizi bn Ulug’bek Rahmatullayev bilan kuylangan sho’x tarona bo’ldi.

IMG_0167

 Shahzodaning o’zi kabi oq liboslardagi raqqos va raqqoslar qo’shiqqa monand raqsga tushishdi.

IMG_0202IMG_20150502_012206

Duet qo’shiqdan so’ng ekranda o’sha mashhur, Shahzoda ham rol ijro etgan «Fotima va Zuhra» filmidan olingan lavhalar ekranda namoyish etildi va sahnaning chap tarafida «Hayot ayt» qo’shig’ini kuylayotgan Shahzoda paydo bo’ldi. Yo’q bu Shahzoda emas edi. Bu uning egizagi Fotima edi. Tan olish kerak qo’shiqni kim kuylayotganini zaldagilar bilolmay ancha payt lol bo’lib qoldilar. Keyinroq sahnaning narigi tarafida qo’shiq kuylayotgan Ulug’bek Qodirov paydo bo’lgach hamma Shahzodaning egizagi kim ekanligini bilib oldi. Uchchovlon qo’shiqni kuylab bo’lishgach Shahzodaning o’zi duetdoshlari Gulchehra Eshonqulova va Ulug’bek Qodirovlarni e’lon qilib minnaddorchilik bildirdi. Aktyorlar samimiy tilaklarini Shahzodaga bildirishdi. IMG_0223 IMG_0238

«Hayot ayt» qo’shig’idan so’ng Shahzodaning bolalik xotiralarini qamrab olgan video she’r hamrohligida ekranda namoyish qilindi videodan so’ng Shahzoda libosini ham yashil rangdigisiga o’zgartirib, ota-onaga bag’ishlangan sho’x taronani kuyladi.

IMG_0266 IMG_0333

Keyin esa birdan sahnada kelinlar qo’zg’alon ko’tarib yuborishdi. Biri u deydi, biri bu, qaynona Xalimaxonimga esa hech bir ish yoqmaydi. Ha, bu «qaynona» qo’shig’iga sahnalashtirilgan maxsus sahna ko’rinishi edi. Bu sahna ko’rinishida Xalimaxonim va «Sabo» raqs ansambli ishtirok etishdi. Shahzodaning o’zi ham yengil harakatlar bilan raqsga tushdi. Shahzodaning o’zi Xalima Ibragimova konsertning har yilgi «Fishkasi» ekanligini ta’kidlab o’tdi.  

IMG_0338 IMG_0360 IMG_0366 IMG_0377

Sahna yurakchalarga to’lib ketdi va Shahzoda Shohruhxon bilan «Unutolmadim» nomli romantik qo’shig’ini kuyladi.

IMG_0407 IMG_0482

Eng sevimli qo’shiqlaridan biri «Nozik qushcha» konsertda qayta kuylandi. Bu qo’shiq uchun ota va qiz ya’ni raqqos Vladislav va uning qizi Vlada birgalikda raqsga tushishdi.

IMG_0522 

Konsert davomida 15 raqami qayta-qayta ekaranda namoyish etilaverdi. Shahzodaning hayot yo’llarini qamrab olgan videolavha yana ekranda namoyish qilindi. Lekin bunisi ko’pchilikning hayratiga sazovor bo’ldi. Sababi bu videoda sotqin do’stlar, xiyonatkorlar haqida ham aytib o’tildi. Har bir videodan so’ng «Men baxtlimanmi?» degan yozuv monitorda ko’rinaverdi.

IMG_0639

Shahzoda ham qizil libosda, raqqoslar ham qizil libosda. Dekoratsiyalar ham xonandaning liboslari rangida edi. Ana undan «Layli va Majnun» qo’shig’ining remixi kuylandi. Raqsbob hamda ingliz va fransuz tillarida kuylangan «Moncheri» qo’shig’ida zaldagilar ham o’tirgan yerlarining o’zida biroz raqsga tushib olishdi.

IMG_0744 IMG_0793

Ekranda Shahzodaning farzandlari aks etgan video namoyish etilganda qarsaklar tinmadi. «Chicco» qo’shig’i boshlandiyu zal har tarafdan kirib kelayotgan masxarabozlarga to’lib ketdi. Ular tashrif buyurgan barcha bolajonlarga shar taqdim etib, ular bilan o’yinlar tashkil qilishdi. Hamma Chicco ya’ni Halidni ham chiqishini kutishayotgan edi. Xatto, bir qizaloq uni axtarib sahna tomon yo’l oldi. Yo’q, afsus, Chicco konsert dasturida ishtirok etmadi. Lekin shunda ham kayfiyat ko’tarinki ruhda edi. Konsert boshlanganidan Shahzodaning rasmiy fan clubi qani, qayerda deb axtarayotgan edik. «Chicco» qo’shig’idagi masxarabozlar soni nihoyatda ko’p edi. Ular O’zbekiston davlat Sirkining xodimlari va Shahzodaning fan club a’zolari ekan.Tabiiyki «Chicco» dan so’ng «Chiccita» qo’shig’i ulanib ketdi. Unda «Tantana» guruhining eng kichik yoshdagi qatnashchilari raqs ijro etishdi.

IMG_0871

Siyohrang libosdagi Shahzoda, shu rangli kiyimdagi raqqoslar va maqtanchoq «Bojalar» guruhi. Anglagan bo’lsangiz kerak Shahzoda «Bojalar» guruhi bilan ham duet qo’shiq kuyladi. Unda «Bojalar» guruhi «jonim» deb aytgan bo’lsa, Shahzoda ularga qarata «Chuchvarani xom sanabsan» deb, boplab tazirini berdi.

IMG_0884 IMG_0897 IMG_0939 IMG_0960

Yangi «Samalyot» qo’shig’iga ishlangan sahna ko’rinishi so’ngida yurtimiz bayrog’ining xilpirashi, Vatanga bo’lgan muhabbatimizni yana bir bor oshirdi. Ekranda Shahzodaning hayot yo’llarini, ijoddagi muvaffaqiyatlarini qamrab olgan video va «Men baxtlimanmi?» degan yozuv.

IMG_0979 IMG_1030 IMG_1067 IMG_1085

 «Qo’llar tepaga» qo’shig’ida zaldagi barcha qizlar qo’llarini tepaga ko’tarib olishdi. Shu qo’shiq yakuniga xorazmcha raqs ulanib ketganida hamma konsert tugadi deb o’yladi.

IMG_1115

 Yo’q oldinda Jasur Gaipov bilan duet tarona «Super lady» kuylandi. Sahna poyga maydoniga aylandi hisob. Konsert uchun maxsus yasalgan mashina maketida ikki xonanda birgalikda qo’shiqni kuylashdi.

IMG_1118 IMG_1125 IMG_1157 IMG_1181

 «Moy zolotoy» qo’shig’ida esa tomoshabinlardan bir yigit ham sahnaga olib chiqilib Shahzoda bilan barda birga o’tirish baxtiga muyassar bo’ldi. Konsert so’ngida bir necha marotaba takrorlangan  «Men baxtlimanmi?» savoliga javoban «Baxtliman» qo’shig’ini kuyladi va barcha konsert ishtirokchilari sahnadan joy oldilar. Konsert so’ngida shunisi ma’lum bo’ldiki Shahzoda nafaqat ijod olamidagi 15 yilgan balki shu bugunga qadar bosib o’tgan hayot yo’llariga ortga nazar tashlabdi. Konsert dasturidan joy olgan liboslar to’plami ham shunga monand ekan.

IMG_1205 IMG_1248

Avval oq, keyin yashil, so’ngra esa qizil va siyoh rangdagi liboslar. Bularda inson umrining bosqichlari ya’ni yosh davrlari tasvirlab berilgan ekan. Ya’na shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Shahzoda bu yili muxlislarning ko’p sonli talablarini inobatga olgan hola deyarli barcha qo’shiqlarida yengil, nozik haraklar bilan raqsga tushdi. Konsert haqiqatan ham syurprizlarga boy bo’ldi. Oldinda kutayotgan yana 6 kunlik konsert dasturida ham Shahzodaga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz va yaqin soatlarda konsert dasturidan videoni taqdim etamiz.

Faxriniso

Foto: Oybek Kamilov

Поделиться:

Оставить ответ


Ulugbek
02.05.2015

qancha kutish mumkun, tezroooo

Sevdoshka
02.05.2015

uraaa 3- may kutamiza

Asilbek
02.05.2015

Baribir Rayhonni shou siga teng kelomidi

Nodirbek
02.05.2015

Shahzodani konserti baribir boshqacha buladi!

Nigor
02.05.2015

shahzoda kanserti baribir bowqacha bo’ladi chunki unda samimiylik bor!

Laylo
02.05.2015

Konsert juda zo’r bo’ldi

shaxzod
03.05.2015

essiz boromadim

miss
03.05.2015

Konsertga gap yo vapwe supper. Hammasi oz ornida skromniy boldi.

Aziz
04.05.2015

Manimcha bu yili eng zo’r konsert bo’lgan bu Shahzodani konserti va har yili shunaqa bo’lgan!

mohi
08.05.2015

SHahzodaning sochini kesgani syurpriz bolibdiyuu lekin uzun sochlari koproq yarashar edi

Shohruh
15.05.2015

RAYHONI konserti №1. Man ataylab RAYHON va shahzodani konsertiga bordim. RAYHONIKINI SHOU DISA BOLADI.KIYIMLARI,Soch (2 marotaba o’zgardi). ENDI shahzodani konserti haqida 90% Rayhondan o’girlangan nimaga? Bolalarni chiqishi,1 rasimda huda Rayhoni 2008 yilgi konsertiga ohshidi,Rayhon konsert ohirida ROCK uslubida kiyindi va shahzoda undan ko’chirmachiga o’hshap ko’chirvoldi? BARIBIR RAYHON YAHSHI

MILLIONCHIK
24.02.2016

Man xurmat qilaman bu insonni hayolarida va sanatlaridaxam muafiyaqatlar tilayman kichkinaligimdan eshitaman SHAHZODANI haqqatan ham MAFTUNKOR. MILLION MILLIONCHIKDAN QO’QONDAN va yana bir gap intiryuv qachon