Shahzoda haqidagi yolg’on gap so’zlarga ishonmang!


Категория: NEWS
Shahzoda2

Betakror xonandamiz Shahzoda haqidagi yolg’on habarlar telegram orqali bir zumda tarqalib ketdi. Emishki xonanda 27 mart kuni avtohalokatga uchrab, olamdan o’tgan emish. Bu habarni eshitgan muxlislar darrov «Tarona Records» kompaniyasining art direktori Davron Muqimovning qo’l telefonini portillatib yuborishdi. Shahzoda

Uning ustiga muxlislar Shahzodaning instagramdagi suratlariga ham bu rostmi, deb havotirda qolishdi. Hudoga shukur bu gaplar shunchaki mish-mish, hattotki Shahzoda va Davron Muqimov bu haqida instagram orqali e’lon qilishdi. Hozirda esa Shahzoda o’zining yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik bilan band. Ulkan omadlar yor bo’lishini va yomon mish-mishlar o’rniga faqatgina yaxshi gaplar tarqalishini tilab qolamiz.

Поделиться:

Оставить ответ


Elmurod_D
28.03.2015

Nargiza Salmonovayam avtohalokatga uchrabdi, yo’ pullarini o’g’irlab ketishibdimi? shungayam aniqli kiritvorsela