Shahnoza Otaboyeva yangi taronalarini muxlislari tomon taqdim etishga shay!


Категория: MP3
IMG_9632копия

Muxlislarning mehri-yu, san’at olamining sehridan batamom afsunlangan diltortar ovoz sohibi Shahnoza Otaboyeva ijod olamining bepoyon ummoniga sho’ng’ib, uning tubidan asl javohirlarni axtarish bilan band. «Otajon» nomli qo’shig’iga ishlangan klipini taqdim etganiga hech qancha muddat bo’lmagan bo’lsa-da, atrofdagilarning ijobiy fikrlari, qo’llab-quvvatlashlaridan ijodiy ozuqa olib, ruhlangan xonanda yangi taronalarini muxlislari tomon taqdim etishga shay turibdi.

IMG_9613 копия1

Kuylanish bobida bir-birini ortda qoldiruvchi mazkur qo’shiqlar Shahnoza Otaboyeva ijrosida yanada serjilo tus olgan. Gulbahor Mo’minova so’zi, Otabek Qambaraliyev musiqasi ostida ijro etilgan «Kulib kulib» nomli qo’shiq sho’x, raqsbop bo’lib, biroz hazilomuz tarzda. Unda barcha ishlarini kulib-kulib, quvnoqlik bilan bartaraf etadigan qizlarning tug’yoni, qarashlari aks ettirilgan. «Repertuarimdan birinchi marotaba bu tarzdagi qo’shiq joy oldi»,-deb ta’kidladi xonanda.

«KULIB-KULIB «QO’SHIG’INI TAS IX TIZIMIDA KO’CHIRISH

IMG_9682 копия1

 Yana bir yangi «Mohitabon» taronasi haqida ma’lumot berar ekan. Aslida bu qo’shiq Ogahiyning g’azali bilan ustoz san’atkor Komiljon Otaniyozov tomonidan kuylangan bo’lib, qayta sayqallagan tarzda Shahnoza Otaboyeva uni mahorat bilan xorazm shevasida ijro etgan. Qani baho beringchi, Shahnoza Otaboyeva bunday mas’uliyatli ishni qanday ado etib, Xorazm shevasida qanday kuylagan ekan?

«MOHITABON» QO’SHIG’INI TAS IX TIZIMIDA KO’CHIRISH

Biz esa Shahnoza Otaboyeva Ijodidagi eng so’nggi yangiliklar bilan bundan keyingi maqolalarimiz orqali ham sizlarni muntazam boxabar qilib turamiz va albatta xonandaga omad hamda  yuksak pog’onalarni zabt etshini tilab qolamiz.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


ANGEL BOY!!!
20.05.2014

Qoshiq juda ham zor chiqipti

laylo
20.05.2014

Ko’chirib bo’mayaptiyu

Faruh
25.05.2014

Turishlarizdan, rasmga zor tusharkanmihttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_heart.gif

ANGEL BOY!!!
27.05.2014

axaxa admin erkemasakan…

Islom
27.05.2014

Qaysi admin