Shahnoza Otaboyeva tomonidan “O’zbekistonimiz” uchun dunyoga kelgan qo’shiq premyerasi.


Категория: MP3
IMG_9857 копия

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Xonadonimizd­a totuvlik, dasturxonim­izda baraka. Insonlarimiz mehribon, farzandlar baxtiyor. Bundan ortiq baxt bormikan bu dunyoda. Shunday go’zal hayotdan ilhomlangan ijodkorlarimiz tinimsiz izlanishda. Axir bu betakror olamni kuyga solish, uni tarixga muhrlash kerak. Shunday ekan nurli O’zbekistonimiz uchun dunyoga kelgan “O’zbekiston” deb nomlangan galdagi ajoyib qo’shiq Shahnoza Otaboyeva tomonidan kuylangan.

QO’SHIQNI TAS IX TIZIMIDA KO’CHIRISH

Bu betakror qo’shiq ingliz va o’zbek tilida kuylangan bo’lib, so’zlari Manzura Bekjonovaga, musiqasi­ Rustam Muhammadiyevga tegishli bo’lib, unda ona vatanimizga bo’lgan mehr, yoshlarning vatanga bo’lgan cheksiz muhabbati aks ettirilgan. Zilola Yunusova qo’shiq so’zlarini ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan va uni she’r marjoniga nafislik bilan bog’lagani uning iste’dodini yaqqol namoyon qilib turibdi. Bu qo’shiq uchun ijodkorimiz Shahnoza yoz oylarining o’rtalarida chet elliklar bilan klip suratga olishni ham rejalashtirmoqda.  Millionlab qo’shiqlar ichida ota onaga va aziz Vatanga atab kuylangan qo’shiqlar doimo insonlar qalbidan joy olib kelgan. Zero “Vatan” barcha narsadan ustundir! Uning go’zalligini madh etish esa iqtidorli va iste’dodli ijodkorlarimiz burchidir. Shunday ekan, Shahnoza ijrosida go’zal O’zbekistonimizga atab kuylangan qo’shiqni saytimizda tinglab baho bering.

Mahliyo

Поделиться:

Оставить ответ


www
27.05.2014

shok.uz novosti kuyilarhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_yahoo.gif

PPPPP
28.05.2014

E borakanu shu qiz O’zbekistonimiz haqida kuylaydiganlar kamayib ketti, shudo kettin molatsi

Xolmatov
27.06.2014

еее одамлар нега мен кочириб ололмайабман жавоб ( йордам ) берила илтимос