«Senga oshiqman» serialidan foydalanayotgan «Yoshlar» telekanali va reklamachilar


Категория: TANQID

322230-shakti-arora-and-radhika-madan-at-the-launch-of-meri-aash
Mana bir necha oydirki «Yoshlar» telekanali orqali namoyish etilayotgan «Senga oshiqman» nomli hind seriali vatandoshlarimizni ekran qarshisiga mahkamlab qo’ygan. Asosan ikki oshiq (Shakti Arora) Ranveer va Ishanining (Radhika Madan) tengsiz muhabbatini ko’rsatish barobarida hind xalqining urf-odatlari, yashash tarzi, qarindosh-urug’chilik munosabatlari, mehr-oqibat, chin muhabbat, ezgu amallar kabi samimiy hususiyatlari ham yaqqol ko’rsatib berilgan. Bular orasida qalbi daryo o’zbek xalqining ko’pgina fazilatlariga o’xshashlik bor. Shuning uchun bo’lsa kerak muxlislar bu serialni iliq qarshi oldilar. Ota-onaga hurmat, yorga sadoqat, do’stlik, yor-u birodarlar uchun jonini ham ayamaslik bu kabi ulug’ qadriyatlar aynan bizniki bilan hamohang. Bu serialga, ayniqsa bosh qahramon Ishanining fe’l atvoriga havas qilgan Qashqadaryolik ota dunyoga kelgan qiz farzandiga xatto Ishani deb ism qo’ydi. Xalqimiz serialning voqea rivojlariga qiziqib, ulardagi yaxshi fazilatlarni o’zlashtirayotgani quvonchli hol. Lekin ko’cha-ko’yda, insonlar davrasida serialni tomosha qilish paytidagi telekanal tomonida namoyish etiladigan uzoq muddatli reklamalarga e’tirozlar anchagina. Serial boshlanganidan so’ng, darhol reklamalar ham boshlanadi rosa 10 daqiqa davomida e’tibor bersangiz naq 20-25 ta reklama. Kanal logotipining musiqali tarzdagi reklamasini o’zi 1 daqiqiga cho’ziladi-ya deya achchiqlanyapti odamlar. «Artel» televizorlarining maxsus reklamasiga hech e’tibor berganmisiz? «Televizor buzildi, do’stlar esa endi yo’q», mana sizga o’zbek xalqining ming yillar davomida shakllanib kelayotgan do’stlik munosabati. Erta tongdan lapsha iste’mol qilish, hali dunyoga kelmagan chaqaloqning ona qornida bir banka chocotellani paqqos tushirishini esa umuman aqlga sig’dirib bo’lmaydi. Uning ustiga, kir yuvish kukunining reklamasi-ku hammasidan ham o’tib tushgan. To’yiga 3 soat qolganida kelinlik libosini yuvar emish, u ko’ylak qanday qilib bunday tez qurishi mumkin. Salonlarda maxsus vositalar yordamida bir necha etapda yuviladiga libosni uy sharoitida qanday qilib yuvish mumkin? Aqlbovar qilib bo’lmaydi. Yana qancha dori-darmon, shirinlik mahsulotlari, mobil operatorlar, ichimliklar, maishiy jihozlarning reklamalari. Ularning deyarli hammasi esa chet el reklamalaridan shundaygina ko’chirib qo’ya qolingan. Serialning ko’p tomoshabinli ekanidan foydalanib uning orasida aslida hech kim ham ko’rmaydigan reklamalarni namoyish etishyapti. Yaqinda ularning qatoridan kliplar ham joy olsa aslo hayron qolamaymiz. Ustoz qiziqchi Xojiboy Tojiboyev aytganidek:» Mazza qilib reklama tomosha qilayotganingda serial qo’yvoradimiyey». Shu hafta serialning birinchi mavsumi nihoyasiga yetib, bir necha hafta mobaynida «Mehmonxona» nomli yangi o’zbek milliy seriali namoyish etilar ekan, zora reklamasi ham kamayib qolsa. Ha yana aytgandek, ko’p sonli muxlislarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda tez kunlarda «Senga oshiqman» serialining bosh qahramon Ranveer, asl ismi Shakti Arora bo’lgan aktyor ijodidan qiziq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Shok.uz saytida kutib qoling.

Поделиться:

Оставить ответ


Yorqin
20.09.2015

eeeee bo’larkuni shunaqa haqaiqatni qo’rqmasdan yozselar

jasur lox
21.09.2015

vot mne interesno ya smotrel video klip 1nedelya nazad tam jasur umirov pro vash sayta mnoga ploxogo slovo govoril …a che emu vse mojno??on poxodu shkolnik emu 5 let naverno

Umida
21.09.2015

Rostanam reklama judayam ko’p yoshlarda

bek
25.09.2015

Reklamani bir amallab utqizvolasiz lekin sivet uchibqolsa unda alam qiladi.

sofiya
30.09.2015

интрнетан озбекча таржимасини тополмадимда

G-UNIT
03.10.2015

mytubeda borku

Nozim
06.11.2015

E’tiroz qilishdan avval, Televideniyening faoliyati bilan yaxshilab tanishib chiqishinglar kerak edi. Eh attang. shuncha narsa yozibsiz.

 

Похожие новости