Saxnada xatolari uchun tiz cho’kkan Dildora! Bunga minglab muhlis guvox bo’ldi!!


Категория: FOTOREPORTAJ
IMG_9000

1-2 mart kunlari «Istiqlol» san’at saroyida baxor fasli, konsertlar mavsumini Dildora Niyozova ochib berdi. Uning konsertiga ham viloyatlardan minglab muhlislar tashrif buyurishganiga guvox bo’ldik. Muhlislar auditoriyasi chegaralanmagan. 7 yoshdan 70 yoshgacha muhlislar  bor. Ayrimlarni konsertida yo faqat yoshlar, yo faqat ayollar bilan cheklanib qolishiga guvox bo’lgandik. Niyozovada unday emas. Uni hamma birdek yaxshi ko’rib tinglashiga guvox bo’ldik. Xonandaning konsert dasturiga yaxshigina tayyorgarlik ko’rilgan. Saxna ham sodda va modern ko’rinishda. Liboslari ham, makiyaj va aksesuarlar ham o’ziga mos va milliylik chegarasidan o’tmagan. Chiroyli va o’ziga yarashgan. Parda ortida hamma konsert boshlanguncha tayyor xolda, ochilishni kutyapdi. Xonanda ancha xotirjam. Xayajon  bo’lsada bosiq.

IMG_8862

Dasturni Dilnoza Kubayeva va Fatxulla Ma’sudov olib borishdi. Parda ochilishi bilan muhlislar guldiros qarsaklarini tindirishmadi. Baxoriy ko’rinish  yam-yashil libos va boshiga gullardan chambarak takkan Dildora ilk qo’shigini kuyladi.

IMG_8867

Salomlashgach, qo’llari qaltirab xayajonlanayotganini ta’kidlab, hammani baxor bilan qutlar ekan, «Ketayotganingizda xech bo’lmaganda bitta qo’shig’imdan qandaydir ma’naviy ozuqa olsangiz, men baxtliman!» dedi. Repertuar, qo’shiqlar ketma-ketligi yaxshi saralangan. Milliy qo’shiqlarimizdan  ham kuyladi.

IMG_8991 IMG_8977

IMG_8976

Konsertdagi raqsbop taronalardan miriqib raqsga tushganlar ham anchagina edi.  «Ishonma — 2″ ham avvalgisi kabi xit bo’lishiga aminmiz.

IMG_8958

Xushyor bo’ling yulduzlar — «Magnit» san’atga kirib keldi. Sanjar Shodievni ko’plab filmlari muhlislar ko’nglidan joy olgandi. Endi esa, antiqa tipajdagi bolalardan tashkil topgan «Magnit» guruhi barcha mashhurlarni muhlislarini o’ziga magnitdek tortib olishi uchun san’atga kirib kelmoqda ekan. Nomi shuning uchun ham «Magnit». Bu gurux tez kunda mashhur bo’lib ketishi va muhlislarni rom qilishi aniq!!! Kulgusi ayrim guruhlar kabi bachkana emas!

IMG_8955

Yigitlarga qarasangiz bo’ldi, kulaverasiz!!! Sanjan Shodiev bularni qanday topgan xayronmiz.

IMG_8948

 Konsertda Dildorani akasi Nodirbek ham o’z qo’shig’i bilan mehmon bo’ldi. Ajoyib, ko’plab san’atkorlar o’zidan kichik ukasi yoki singlisini  boringki, urf bo’lgandek farzandini san’atga yetaklasa, Niyozova akasini yetaklabdi. Nodirbek Niyozovni «Yur muxabbat» nomli sokin qo’shig’ini muhlislar yaxshi qabul qilishdi.

IMG_8937 IMG_8925 IMG_8906

Ayrim qo’shiqlariga mavzusiga mos tarzda  saxna ko’rinishlari qo’yilgan. Shulardan eng qizig’i «Kelin» qo’shigiga qo’yilgan saxna kurinishi bo’lsa kerak. Unda Shaxzoda Muxamedovani yangi «turmush urtog’i»ni ko’rasiz. Negadir, shu qo’shiq klipidagi Mashxurbek konsert uchun chaqirilmagan.

IMG_8904 IMG_8905

Tomog’i operatsiya bo’lgan bo’lsada Xosiyat Xusanova saxna ko’rinishini qoilmakom tarzda uddaladi.

IMG_8881 IMG_8883 IMG_8889 IMG_8895

Dildora Niyozova konsertini eng kulminatsiyasi va ta’sirli qismi ota ona uchun aytilgan tarona bo’ldi. U ota-onasiga saxnada tiz cho’kib, xatolari uchun uzr so’rab, yig’lab qo’shiq kuylagan yagona xonanda bo’ldi. Kimdir yig’ladi. Kimdir karaxt bo’lib muzdek qotdi. Ko’plab xonandalar bu mavzuda kuylagan ammo Dildorani qo’shig’idagi so’zlar va uning ovozidagi sexr boshqacha bo’ldi.

IMG_8894

Xullas, ajoyib taasurotlar bilan konsertni tark etdik. U shunday repertuar bilan konsert berar ekan, o’z muhlislar ko’lamini kengaytirishiga shubxa yo’q.

 

 Yodgorbek YUKSAL

Foto: Art Studio.uz

Поделиться:

Оставить ответ


www
04.03.2014

kansertini net ta chikishini kutib kolamiz magnitni hamhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_good.gif

Noza
04.03.2014

Dildorada rostan talant bor

Elnora
04.03.2014

http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_rose.gif

Sevka
04.03.2014

Juda chiroyli reportaj

Durdon
04.03.2014

Konsertga bekor bormadimde man ham borgim keldi videoni quyla tex tezhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_cool.gif

 

Похожие новости