Sardor Rahimxon yangi taronalarni taqdim etadi


Категория: MP3
Sardor Rahimxon

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, doimo o’zining sermahsul ijodi va takrorlanmas qo’shiq-u kliplari bilan muxlislarini lol qoldirib, ularning qalbidan yanada chuqurroq joy olib borayotgan Sardor Rahimxon bu yili haqiqatan ham esda qolarli darada ijod qildi. Yil oxiriga yetmay turib “Sanamjon” nomli albomini omma e’tiboriga taqdim qilgan xonanda shu bilan birga birvarakayiga bir nechta yangi qo’shiq kuylashga ham muvaffaq bo’ldi. Hozirda xonanda ijodidagi bir emas, naqd uchta taronani taqdim etar ekanmiz, mazkur taronalar uch tilda kuylanganini ham aytib o’tmoqchimiz. Kompozitsiyalardan birining nomi “Azizam” bo’lib, bu uchta qo’shiqning ichidan o’zbek tilida kuylangani. Taronaning matn muallifi Bobur Umarov bo’lsa, musiqasini esa xonandaning yaqin do’stlaridan biri bo’lmish Jonibek Murodov bastalagan. E’tibor bergan bo’lsangiz, bu qo’shiq ancha kunlardan beri anons qilinayotgan edi. 

«AZIZAM» QO’SHIG’INI KO’CHIRISH

«MUHABBATIM» QO’SHIG’INI KO’CHIRISH

«БЕЗ ТЕБЯ» QO’SHIG’INI KO’CHIRISH

“Azizam” qo’shig’ining klipi ham tayyor bo’lib, klip bayramoldi premyera qilinishi rejalashtirilgan. Navbatdagi qo’shiqning nomi “Muhabbatim” bo’lib, u qardosh qozoq millatiga mansub bo’lgan muxlislarning talab va istaklariga binoan qozoq tilida kuylangan. Bu qo’shiqning she’rini xonanda va bek vokalist Aziza Nizomova yozib bergan , musiqasini Sardor Rahimxonning o’zi bastalagan. Qo’shiq sho’x va raqsbop, so’zlarini tushunish ham mushkul emas. Uchinchi qo’shiqning nomi “Bez tebya”, anglagan bo’lsangiz kerak u rus tilida kuylangan bo’lib, Serj Marshel bilan hamkorlikda yaratilgan. Mazkur taronadan umidi katta bo’lgan xonanda yaqin kunlarda unga klip tasvirga olishni ham rejalashtirgan. “Bez tebya” qo’shig’i zamonaviylikni qamrab olgan bo’lib, yuqori ritmga ega. Marhamat bir-biridan ajoyib bo’lgan uch taronani tinglab, baho bering.

Поделиться:

Оставить ответ