“Salom sevgi” filmining premyerasiga oz qoldi


Категория: NEWS
Baner Salom sevgi

Uzoq kutilgan, bir guruh mohir ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Salom sevgi” nomli yangi kinofilm  deyarli tayyor bo’lib, yaqin kunlarda muxlislar e’tiboriga taqdim etish uchun shay turibdi. Ulug’bek Abzalov, Sitora Alimjonova, Hamid Toshpo’latov, Gulchehra Nosirova kabi mohir aktyor va aktrisalarning takrorlanmas ijrolarini o’zida jam etgan mazkur filmni yosh rejissyor Ulug’bek Abzalov suratga olgan. Ssenariy mualliflari esa Ulug’bek Abzalov va Alibek Hakimov. Filmdagi sahnalarning ta’sirchanligini yanada  oshirishda  musiqaning o’rni beqiyos. Ana shunday ohanglarni yaratgan film bastakori Ubaydulla Karimov. Postanovkachi operator Shahriyor Ismailov, postanovkachi rassom Muhammadali Rahimov, prodyuser Sanjar Hamidov barchalari birgalikda xalqimizga, yurtdoshlarimizga o’rnak bo’ladigan tarbiyaviy ahamiyatga ega filmni yaratishdi.  Demak yaqin kunlarda “Salom sevgi” kinofilmining omma qarshisidagi ilk namoyishini kutib qoling.

SAUNDTRECKNI YOU TUBE DAN KO’RISH

Поделиться:

Оставить ответ