Saidani nafaqat xonanda, balki aktrisa sifatida ham qaytadan kashf etasiz.


Категория: NEWS
002

Shirali ovoz sohibasi va iqtidorli xonanda Saida ilk «Dunyo» deb nomlangan qo’shig’idanoq anchagina shuhrat qozondi. Yodingizda bo’lsa qo’shig’ini saytimiz orqali ham taqdim etib, endilikda xonanda Saida haqidagi eng so’nggi yangiliklardan boxabar qilib turishimizni aytib o’tgandik.

003

Ha, Saida qizg’in ijod ustida. Ketma-ket yangi qo’shiqlar, kliplar ustida tinmay ishlayapti. Mana hozirda u «Tirnama» deb nomlangan yangi sho’x tarzdagi qo’shig’iga klip tasvirga olish jarayonlari bilan band. Yangi qo’shiqning mualliflari Jasur Badalbayev va Feruz Abdullayev.

001

Klip rejissyori Timur Primkulov tomonidan suratga olinyapti. Yangi klip track tarzida suratga olinayotgan bo’lib, u orqali Saidani nafaqat xonanda, balki aktrisa sifatida ham qaytadan kashf etasiz. Klipni tasvirga olish jarayonlaridagi uning plastikalariga tan bermay iloj yo’q. Klipda har bir detalga alohida e’tibor berilgan.

photo_2015-03-27_18-23-27 015 014 013 012 011 009 007 006Ayniqsa uning bejirim, zamonaviy va noodatiy stildagi bir-birini takrorlamas liboslari, stilist Lidiya Andre tomonidan yaratilgan soch turmagi-yu, makiyaji hamda dekoratsiyalar ham bir-biriga mutlaqo uyg’un. Hozircha klipni tasvirga tushirish jarayonidan yorqin fotosuratlani taqdim etamiz. Klip tayyor bo’lgach esa premyerani taqdm etamiz.

Faxriniso

Foto:Muzaffar, Ilhom Jumaev

 

Поделиться:

Оставить ответ


Islomova
28.03.2015

Shok.uz Saidaninbiografiyasi bilan ham taniwtirsez millati uxbekmi yokida Dunyo awulasi yaxwi chiqan.

Islomova
28.03.2015

Laziza nega videola quymiyopsila yengilila juda kam bohorga atap har xil videola qilila man UZB da emasman uwanchun manga juda ham qizu saytilani har kuni kuzataman nima yegilila birakan dib

sogdi
30.03.2015

e bu yana kim anuvi sanjar digani yuqalganda bu pado boldimi namuncha utmagan molni utkizeturganga uxwidiya tuba