Rossiyalik muxlislarining istaklariga binoan Oybek Mukumov «Uxoju» taronasini kuyladi


Категория: MP3
photo_2014-12-19_16-48-50
Shirala ovoz egasi, iste’dodli ijodkor, «Bayon» guruhining sobiq a’zosi Oybek hozirgi kunda yakkaxon tarzda ijod qilayotgani sir emas. Betinim ijod bilan mashg’ul bo’lgan Oybek Mukumov tinmay yangi qo’shiqlar ustida ishlamoqda, kuni deyarli ovoz yozish studiyalarida o’tmoqda. U bunday jonkuyarligi evaziga nafaqat yurtdoshlarimiz, balki Rossiyalik san’at ixlosmandlari qalbidan ham iliq joy egallab kelmoqda.

QO’SHIQNI TAS IX TIZMIDA KO’CHIRISH
Hamisha muxlislarni xohish-istagini inobatga olib keladigan ijodkor, bu safar ham O’zbekistonlik, ham Rossiyalik muxlislarini ham yangi, o’zgacha yo’nalishdagi tarona bilan xushnud qilmoqchi. Yangi qo’shiq rus tilida kuylangan bo’lib, qo’shiqning nomi «Uxoju».  Bu tarona   muxlislar talablariga ko’ra yaratilgan bo’lib, so’zlari ham aynan Rossiyalik muxlislarga tegishli. Benazir qo’shiqni tinglab, eng holis bahoni o’zingiz bering. Tarona sizlarga yoqishiga ishonamiz.

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


zebuniso
09.05.2015

Voy Oybe Bayonmas Mangoda ijod qganuu

kamilka
10.05.2015

bayondaham bolgan

Nodi
12.05.2015

Hmmm yaxshi