Rossiya yulduzi Vera Brejneva O’zbekistonda


Категория: NEWS

Vera Brejneva 1

Qo’shiqlari va jarangdor ovozi bilan O’zbekistonda ham talaygina muxlislarga ega bo’lgan Rossiya estradasining mashhur xonandalaridan biri Vera Brejneva o’zining ilk konsert dasturi bilan Toshkentga tashrif buyurmoqda. Lekin bu uning poytaxtimizga ilk emas, ikkinchi tashrifi. Konserti esa birinchi bora. Bu uning Toshkentga ikkinchi marotaba kelishi deyishimizning sababi o’tgan yilning aprel oyida «Samsung Galaxy S5″ uyali telefonining O’zbekistonda o’tkazilgan namoyishida kechaning mehmoni aynan Vera Brejneva bo’lgan. Konsert dasturi 15-dekabr kuni «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadi. Konsert turli xil kutilmagan syurprizlarga boy bo’lishi ta’kidlanmoqda. Faqatgina bir kun bo’lib o’tadigan bunday yorqin daqiqalarni qo’ldan boy bermang. Yodingizda bo’lsa Rossiya estradasining yulduzlari Nyusha, Polina Gagarina va Mot tashrif buyurib konsertlar uyushtirashganida nafaqat konsertdan reportaj, balki intervyularni ham original tarzda taqdim etgan edik. Endilikda esa Vera Brejnevaning bo’lishi rejalashtirilayotgan konsertidan ham batafsil ma’lumotni saytimizda kutib qoling.

Поделиться:

Оставить ответ


EEE
15.11.2015

Tak zdorova! Obajayu verichka! Ne terpeniyam jdyom! Welcom Vera!

Komol
16.11.2015

Veraaaaaaaaaaaaaa mani hayotim, san bilan selfi qilsam edi

Umida
17.11.2015

oooooooooooooooooooo uraaaaaaaaa Vera albatta kraman konsertga

Hoji
17.11.2015

Vera brejneva haqiqatdan ham zo’r qo’shiqchide manga yoqadi chiroyli kliplar chiqaradi biletni narxini qatdan bilsak boladi