Retro stilidagi trubkali sotoviy telefon ixtiro qilingan edi


Категория: NEWS
photo_2015-11-23_17-40-39 copy

Texnika, elektronika olamidagi shiddat bilan yaratilayotgan ixtirolar, yangiliklarning ham cheki-yu chegarasi yo’q. Bunday vositalar kundalik va maishiy hayotimizda og’irimizni yengil qilsa, ba’zilari esa erishdek ham tuyuladi. Shu kunlarda bu olamga yana bir sayohat uyushtiradigan bo’lsak, iPhone, iPad, iPad2 va barcha turdagi aqlli telefonlar uchun retro usulidagi trubkalar yaratildi. Avvallari xonadonimizning ko’rki bo’lgan bunday trubkali telefonlardan texnika taraqqiyoti asrida osongina voz kechilib, endilikda yana retro stilga qaytilishi va telefonlarning o’zida eshitish vositasi mavjud bo’la turib, bunday og’ir trubkalarni yonimizda olib yurishning xojati yo’qligi ko’pchilik uchun kulgulidek tuyulyapti. 

photo_2015-11-23_17-40-43 copy

Agarda uning reklamasida biror bir dunyo tan olgan yulduz mana shu trubkadan foydalansa bormi, uning ham bozori chaqqon bo’lib, ishlab chiqaruvchilar millionlar tagida qolishi aniq, Hozirda esa retro stilidagi trubkalarni barcha ranglardagisi topishingiz mumkin.

photo_2015-11-23_17-40-48 copy

Telefon va trubka bugun yoki kechagina emas, ancha oldin ixtiro qilingan aslida. Lekin hech qayerda to’liqroq ma’lumotni uchrata olmay, bizga murojaat qilgan muxlislarning iltimosiga binoan biz ham bilganlarimizni siz bilan baham ko’rdik.

Поделиться:
Теги: , , ,

Оставить ответ


Dilnur
23.11.2015

Bitta wu qoluvdi, odamlagayam tuwunmiysan eski quwiqlani bowqatdan REMIX qilib kuylaganday, enni sotkalani trubkasiga balo bormi??? ILTIMOS YANGI NARSALANI IXTIRO QILIYLA

dilnoz
24.11.2015

Bunaqa telefoni endi ko’rishim. eh odamlar nimalarno o’ylab topishmidi

Hasan
24.11.2015

Krutoy kampir ekan rasmda