Rayhonning nomidan foydalanayotgan soxtachilar


Категория: NEWS
Rayhon_bot

Internet olami bo’ylab piratlarning keng tarqalgani hammamizga ma’lum. Avval mashhur ijodkorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga hujum qilib, ularni o’zlashtirib olishardi, endi esa buni yangicha usulini ham topishibdi. Hozirda ular san’atkorlarning nomi bilan o’zlarini reklama qilishmoqda.

Rayhon bot 2

Bunga aniq misol qilib, telegramdagi botlardan birini ayta olamiz. Bu bot xonanda Rayhon G’aniyevaning nomi bilan yuritiladi lekin uning yangiliklariga a’zo bo’lsangiz, uning Rayhonga hech qanday aloqasi yo’q. Nomi Rayhon G’aniyeva xolos, aslida esa ular xonandaga tegishli bo’lmagan mutlaqo boshqa narsalar haqida yangiliklar e’lon qilishadi. Bu albatta piratlarning ishi. Rayhonning mashhurligidan foydalanib, ko’proq foydalanuvchilarni jalb qilishmoqchi. Sevimli ijodkorimizning Rayhon ekan deb aldanib qolmang! Rayhon G’aniyevaning telegramdagi rasmiy saytining avtobotiga esa mana bu manba orqali a’zo bo’lishingiz mumkin https://telegram.me/WWW_RAYHONGANIEVA_COM_bot

Faxriniso

Поделиться:

Оставить ответ


Charos
15.09.2015

Manam bilmasdan ulanvopman chiqip ketip bo’mayapt ifloslar

Faruh
16.09.2015

Jonimga tegdi maniyam vnotog’ri ulanvopman