Rayhon va Yigitalining turmushiga ikki yil bo’ldi. Ularning baxtiga aslo ko’z tegmasin!


Категория: NEWS
RAYHON VA YIGIT ALI

Shou biznesda bo’la turib, oilaviy totuv yashash chinakamiga havas qilarli darajaga aylangan. O’ta nozik kasb egasining turmushni ham o’z o’rniga qo’yishi, har ikkalasi bir-biriga xalal bermaslikni ta’minlash katta yutuq. Ko’pchiligimiz uchun sevimli va o’z reytingiga ega Rayhon shunday omadli xonandalar qatorida. Bugun Rayhon va Yigitalining turmush qurganliklariga 2 yil to’ldi. Bu vaqt mobaynida Rayhon haqiqiy oila bekasiga aylandi, sahnadagi iltijosini yaratgan unga ikki barobar tuhfa qildi. Yigitali va Rayhon o’zlari istaganidan ham ziyoda oliy baxtga erishdilar. Ammo egizaklarni qanchalik zahmat va bedorlik bilan voyaga yetkazayotgani faqatgina Rayhonga ayon. Buni muxlislar sezishgani yo’q. Undagi oilaviy kichik tashvishlar, muammolar ijodga sira salbiy ta’sir qilmadi. Rayhon har doim muxlislari uchun yashashini ham isbotladi. Gap so’zlar, g’iybatlar, bo’xtonlar bu ikkala yoshning muhabbati oldida zarracha ta’sir o’tkazmadi. Ular haqiqiy baxt, bir-birini tushunib va kelishib yashash ekanligini yaxshi anglashadi. Tilagimiz ertakona va yorqin ranglar bilan bo’yalgan hayotlari yaxshilik bilan davom etsin. O’rnak olsa arziydigan to’kis baxtingizga aslo ko’z tegmasin!

Shok.Uz jamoasi

Поделиться:

Оставить ответ


ism
16.11.2014

Rayhonni juda hurmat qilaman.Oilaviy baxt,soglik,omad tilayman.Doimo yuzidan tabassum arimasin,bolalarini baxtini ko`rib yursin!!!

nadar maxmudov
16.11.2014

RAYHON★YIGITALI BIR UMR BAXTLE BULELA BIZ SILANI YAXWI KURARAMIZ VA SIZLARBILANMIZ

Xudoyberganov Ulug'bek (Bek_Uzbekistan)
17.11.2014

TABRIK

Akmal Xon
23.11.2014

BAXTINGIZGA KO’Z TEGMASIN ALIDAN YENGI KINOLAR KUTIB QOLAMIZ