Rayhon konsertida farzandlarini ommaga ko’rsatadimi? Intervyuda nima ta’qiqlandi va qanday yangiliklarni oshkor qildi


Категория: EKSKLYUZIV

Rayhon1

11 fevral kuni soat 19:00 dan 21:00 ga qadar “Vodiy Sadosi” radiosida boshlovchi Shirin G’ofurova o’zbek estradasining yorqin yulduzi Rayhon bilan intervyu uyushtirdi. Saytimizning eng faol foydalanuvchisi Xudoyberganov Ulug’bek ushbu intervyuni kompyuter qarshisida boshidan oxirigacha tinglagan holda, suhbatdagi savol javoblarni yozib borishga muaffaq bo’lgan va o’z poyoniga yetgan eksklyuziv intervyuni sizlar bilan baham ko’rishga shoshildi. Suhbat avvalida Rayhonga beriladigan savollar faqatgina xonandaning ijodi va yaqinlashib kelayotgan konsert dasturiga bog’liq bo’lishi kerak ekanligini ta’kidlab o’tildi va uning shaxsiy hayotiga bog’liq savollarni unga berish ta’qiqlandi. Intervyu uch qismga bo’lindi:

 Rayhon foto

1-Konsertga oid savollar,

2-Farzandlariga oid savollar,

3-Telefon orqali beriladigan savollar.

Marhamat intervyudagi savol javoblarni o’qishingiz mumkin.

 Rayhon9

Shirin G’ofurova: Tohir Sodiqov bilan duet 2015-yilgi konsertingizda ham kuylanadimi ?

Rayhon: Afsuskiy konsertim bilan bir vaqtda Tohir Sodiqovni gastrol safari kutib turibdi. Shuning uchun ushbu duetni konsertimda kuylanishi so’roq ostida.

Shirin G’ofurova: Tohir Sodiqov bilan duet kuylash taklifi birinchi bo’lib kimdan chiqdi ?

Rayhon: Nimagadur ko’pchilikni shu savol qiziqtirmoqda (kuladi). Duet kuylash taklifini birinchi bo’lib men kiritdim va bu taklifga Tohir Sodiqov ijobiy javob qaytardi.

Shirin G’ofurova: Bu duetga klip suratga olinadimi ?

Rayhon: Bir narsa deyolmayman.

Shirin G’ofurova: Bu yilgi konsert dasturingizda duetlarni ko’ramizmi ?

Rayhon: Konsertimda bir san’atkor bilan duet kuylayman, kimligi esa xozircha sir.

Shirin G’ofurova: Nima uchun konsertingizga nom berilmadi? Yangi albomingizga qanday nom berishni maqsad qilgansiz ?

Rayhon: Bilmadim nima uchundur konsertga nom tanlash vaqtida bir qarorga kela olmadik va nom bermaslikka qaror qildik (Shunchaki RAYHON SHOW). Albomga esa «Izlama» deb nom beriladi.

Rayhon7

Shirin G’ofurova: Nima uchun konsertlarda Manzura bilan «Men bu Men» nomli duet taronangizni kuylamay qo’ydingiz ?

Rayhon: Mmm (uzoq o’ylanib) Bilasizmi Manzura bir intervyu bergan edi….. Yo’q keling bu savolga javob bermay qo’ya qolay.

Shirin G’ofurova: Konsertingizda rus va ingliz tilidagi qo’shiqlar bo’ladimi ?

Rayhon: Ruscha qo’shiqlar bo’ladi, ingliz tilidagi qo’shiqlar esa bo’lmaydi.

Shirin G’ofurova: Jonli ijrolar bo’ladimi ? 

Rayhon: Albatta, bu yili ko’plab qo’shiqlarimni jonli kuylashga qaror qilganman. Hozir shunga tayyorgarlik ko’rmoqdaman.

Shirin G’ofurova: Dekoratsiya qanday bo’ladi ?

Rayhon: Marhamat konsertimga tashrif buyurib barchasini o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz mumkin. Lekin dekoratsiya ustida o’z ishining ustalari ish olib borishdi . Konsert vaqtida o’zingizni ertaklar olamiga tushib qolgandek his etasiz.

Shirin G’ofurova: Bu yilgi konsertingizda qancha qo’shiqlar kuylaysiz va ulardan nechtasi duet bo’ladi?

Rayhon: Eh siz jurnalistlar… (kuladi) Konsertimda kutilayotgan sirli duetdoshim kimligini xozir aytmayman ammo konsertidan so’ng Munisa Rizaeva bilan duet kuylashni rejaga kiritganmiz.

Shirin G’ofurova: 2015-yilda qanday gastrol safarlariga borasiz ?

Rayhon: 2015-yil endi boshlandi. Gastrollar mavsumi hali oldinda lekin bir qancha takliflar ham bor. Hozir muzokaralar davom etmoqda. Ammo gastrollar bo’yicha fevral oyida bo’lib o’tuvchi to’rt kunli konsertimdan so’ng bir qarorga kelishim mumkin.

 Rayhon8

Shirin G’ofurova: Eshitishimizga qaraganda 2015-yilda Istanbul shahrida konsert berar ekansiz, shu rostmi ?

Rayhon: Bu rost, 2015-yilda Istanbulda konsert dasturimni taqdim etishim borasida shartnoma imzolash arafasida turibmiz.

Shirin G’ofurova: 2015-yilgi konsert dasturingizning diski va albom qachon sotuvga chiqadi ?

Rayhon: Albomni konsert kunidayoq xarid qilishingiz mumkin. Konsertimning video ko’rinishi esa Navro’z bayram kuni “MY5” kanalida namoyish etilish borasida kanaldan taklif bor. DVD ko’rinishidagi disklari sotuvga chiqishi borasida xozir biron sanani aniq aytishim mushkul.

Shirin G’ofurova: Farzandlaringizning ismlarini kim qo’ygan ?

Rayhon: Singlim menga ko’plab ismlar va ismlarning ma’nosi yozilgan kompyuter dasturini ko’rsatdi. U dasturda ko’plab ismlar o’z manosi bilan bor edi. U yerdagi ismlardan birontasini tanlashga ikkilandim va bu vazifasini singlim Nasibaga ishonib topshirdim. Farzandlarimning ismlarini singlim qo’ygan.

Shirin G’ofurova: Egizak farzandlaringizni parvarish qilishda sizga kimlar ko’maklashadi ?

Rayhon: Farzandlarimni parvarish qilish uchun mahsus enaga yollaganmiz. Qolaversa singlim ham farzandlarimni voyaga yetkazishimga ko’maklashadi.

Shirin G’ofurova: Farzandlaringiz kelajakda bog’chaga borishadimi ?

Rayhon: Farzandlarim biroz ulg’ayganlaridan so’ng albatta. Ko’pchilik ichida voyaga yetish va bolaligidanoq tengdoshlarini orasida ulg’ayishining gashti o’zgacha deb o’ylayman.

Shirin G’ofurova: Ularni ko’chaga olib chiqib turasizmi ?

Rayhon: Shaxsiy shifokorimiz ham farzandlarimni quyoshli kunlarda toza havoga olib chiqishim kerakligini aytgan. Biz tez-tez ko’chaga chiqib turamiz. Quyosh nuri har tomonlama bolalarga foydali.

 Rayhon6

Shirin G’ofurova: Farzandlaringiz bilan ko’chaga chiqgan vaqtingizda odamlar kelib ularni yuzini ko’rishga harakat qilishadimi ?

Rayhon: Yo’q, sababi biz mahallamizda sayr qilamiz. Qo’shnilarim meni qarorimni hurmat qilishadi va meni to’g’ri tushungan holda menga bunday iltimos bilan murojat etmaydilar.

Shirin G’ofurova: Farzandlaringizni o’zingiz cho’miltirasizmi?

Rayhon: Albatta.

Shirin G’ofurova: Siz qanday qaynona bo’lasiz ?

Rayhon: Menimcha qattiq qo’l qaynona bo’lsam kerak. (kulib)

Shirin G’ofurova: Farzandlaringizni 2015-yilgi konsertingizda ommaga ko’rsatasizmi? 

Rayhon: Balki, buni faqatgina konsertim vaqtida bilib olasiz.

Rayhon5

Intervyuning navbatdagi qismi asosan internetdan kelgan savollar bilan davom etdi…

 - Singlingiz Nasiba turmushga chiqayotgan ekan, shu rostmi ?

Rayhon: Xa rost.

- Vaqt mashinasi yaratilsa, siz unda kelajakga borishni hohlarmidingiz yoki o’tmishga qaytishni ?

Rayhon: Hamma uchun kelajakga borish va kelajakni o’z ko’zi bilan ko’rish qiziqroq bo’lsa kerak.

- O’zingiz taom tayyorlab turasizmi ?

Rayhon: Har kuni va har doyim emas, ammo imkon bo’lganida o’zim taom tayyorlashga harakat qilaman. Ko’pincha internet orqali yangi taomlarning retseptlarini qidiraman va tayyorlashga harakat qilaman.

- “ Izlama” klipidagi syujet sizning hayotingizdan olinganmi ?

Rayhon: Yo’q, g’oya Jasur Shametovniki. Klipidagi syujet bilan mening hayotimda hech qanday bog’liqlik yo’q.

- Hozir shaxsiy hayotingizda nimalar ro’y bermoqda ?

Rayhon: Men bugun shahsiy hayotim haqida gapirishni hohlamas edim. Bugungi suhbat faqat ijodimga bog’liq bo’lishini hohlardim.

Rayhon4

- Psixologlarga murojaat qilasizmi? Sizning shaxsiy psixologingiz bormi ?

Rayhon: Yo’q men hayotim davomida xech qachon psixologlarga murojaat qilamaganman. Meni nazarimda hammasi insonning o’ziga va irodasi mustahkamligiga bog’liq. Men hayotim davomida yuzma-yuz kelgan qiyinchiliklarni tabassum ila yengishga harakat qilaman.

- San’atkor bo’lmaganingizda qaysi sohani tanlagan bo’lardiniz ? 

Rayhon: Menimcha shifokorlikni tanlagan bo’lar edim. Shifokor bo’lib insonlarni hayotini saqlab qolish va ularni qayta hayotga qaytarishni tanlagan bo’lardim.

 — 2015 yilgi konsertingizda Fan Club a’zolari ham qatnashadimi ?

Rayhon: Albatta.

Rayhon3

Shu kungacha ko’plab intervyularni guhovi bo’lganman. Ammo Rayhon mutlaqo boshqa dunyo. U o’zini tutishi savollarni diqqat bilan eshitib, barchasiga etika va estetika qoidalariga mos ravishta namunali javob qaytarishiga tasanno.

Xudoyberganov Ulug’bek (Bek_Uzbekistan) 

Поделиться:

Оставить ответ


Rashidchik
13.02.2015

Rayhon SUPER yigit ali Kalasi ishlamas ekan shunday betakror ayol bln urishtiya axmoq

BekhruzJon
13.02.2015

Man eshitomadimu ehh rosa kutudim. Yana 4 ta intervyu kutvommiz shok.uz dan ketma keeet Hudo hohlasa. Manzura, Tohir Sodiqov, Shoxrux va yana kimdiridi esimda yo’ q

buxarskaya fanatka
13.02.2015

Supperrr Rayxonaga gap bo’lishi mn emas

Fergus
14.02.2015

Rayxona omad
Rayxona fan clubdi qatan topsa boldi

hayotullo
16.02.2015

siz qaerdansiz? har bir shaharda FANCLUB moderatorlari bor shular regstratsiyadan otkazishadi

Oynisa
15.02.2015

Rayhona siz juda yahshi insonsiz.Ko’ngliz toza sizi qattu hurmat qilaman. Man sizi oldizga albatta boraman. Sizi bir soniya bo’lsa ham yaqindan ko’rishi, suhbatlashishi esterdim.

Maftuna
16.02.2015

Bek sizga gap Yoq

Fergus
16.02.2015

Topalmayapan
Fergana city

Aziz
17.02.2015

Shok sayti va’dabozligi bilan xam shokka tushiradi odammi.