Rayhon «Javob ber» klipi kimga atalgan?


Категория: KLIP
Rayhon 2

Konsertga tayyorgarliklar bilan bir daqiqa tinib bilmay, har doimgidek  yurtdoshlarimiz uchun yodda qolarli shou dastur hozirlash uchun goyalar ustida ish olib borayotgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Rayhon, qisqa muddat ichida muxlislar uchun yangi orziqib kutilgan klipini hozirlab qo’ydi. Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yaratilgan «Javob ber» nomli dardli va ta’sirchan tarona, taqdim etilgani zahotiyoq muxlislarga ma’qul kelgandi. 

Rayhon 3

KLIPNI YOU TUBE DAN KO’RISH

KLIPNI MP4 FORMATDA KO’CHIRISH

 Rayhon 1

Rayhonning g’oyasi va klipmeyker Yodgor Nosirov rejissyorligida suratga olingan klipda aktyor Adiz Rajabov bosh qahramon rolini ijro etgan.  Avvallari Rayhonning o’zi ijtimoiy tarmoqlarda aytib o’tganidek, darhaqiqat klipda Adiz Rajabovning yelkasiga og’ir vazifa yuklatilgan. Bir klipda shuncha xarakter va emotsiya, aktyorga qoyil qolmay iloj yo’q. Hamda klip voqealarining so’nggiga qadar rivojlanib borishi va uning yakuni barchani qiziqtirib qo’yadi.

Rayhon

Klipdagi voqealar hayotiydek, qiziq bu kimga atalgan ekan? Ammo qo’shiq so’zlari va klipdagi uyg’unlik, uning yakuniga qadar mos tushgan. Marhamat sevimli ijodkoringizning eng qaynoq ijod namunasidan bahramd bo’lib, baho bering.

Поделиться:

Оставить ответ


Asqar
18.01.2016

klip YIGITALIGA atalganu. Lekin Man Rayhonni sevaman jon deb uylanardim

Feruza
20.01.2016

Rayhonning «Javob ber» klipi Adelening «Hello» qo’shig’iga ishlangan klipidan o’g’irlangan. Ijodkorlarimiz qachon o’z mehnati va g’oyalari bilan klip olishadi? Yangi g’oya ustida ishlash fikrimcha u qadar qiyin ish emas. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist uchun bu yaxshi emas.

Sanjar
21.01.2016

to’ppa to’g’ri 100% qo’shilaman Rayhon ko’chirib klip ishlidi. musiqasi ham lolani endi yo’qdan olingan

diyora
11.02.2016

kimdan kimdan lolani klipidan emas maan u klipni eshitdim odamlar qulogilar bormi umuman oxshmidi ku

diyora
26.02.2016

bu hayotiy klip sizlar esa oxshtishi yahshi korasizlar

love
22.03.2016

kordim osha hello oxshamadi rayhon klipida moshinani tagiga bola tushadi adele da yana telefon qiladi rayhon esa saotini esaydi

Асалина
25.01.2016

Қушиқ Йигиталига аталган клипга келсак яхши чиқган Райхон қушиқни айтиб чиқа олган зор манга ëқди Райхонга ишларида омад тилайман.Шундай Райхонни зор йиғлатган Йигитали эркак эмас экан…..

diyora
11.02.2016

kimga atalgan odamni yarasiga tuz sepish zor ekan