Qotil shifokorlar!


Категория: TANQID
88faed9f-7f00-0001-6ea3-b6fbd02d2f5a

Bu safar shou biznes olamidan biroz chetlashgan holda bir mavzuga yuzlanmoqchimiz. Bir necha kun avval shok.uz@bk.ru elektron manziliga, saytimizni foydalanuvchilari tomonidan kelgan xatni o’qib hayron qoldik. Maktubni o’qib, bu muammoni yozmasak ham bo’lmas edi. U yerda shunday yozilgan edi!

Hovlimizda ancha yildan beri uyimizni qo’riqchisi ya’niy vafodor itimiz bor edi. Kasal bo’lib qolgani uchun veterinar chaqirdik u ukol qildi. Itning ichiga suyak kirib, qadalib qolganini aytib ketdi. Bir necha kundan so’ng uning ahvoli yanada yomonlashdi. Biz yana shu veterinarni chaqirdik va hayriyatki itimiz homilador ekanligi aniqlandi. Unga qilingan ukol esa itimizning qornidagi bolalari o’lishiga sabab bo’ldi. Undan so’ng baxtga qarshi itimiz hayotdan ko’z yumdi. Bundan dilim xira tortdi.Veterinar o’qimagan bo’lishi aniq, o’quvsiz do’xtirdan ko’nglim qoldi.

hqdefault

Bundan tashqari shu kunlarda o’zimning yuragim og’rib, uyimiz yaqinidagi poliklinikaga chiqsam, do’xtir dorilarni yozib berdi. Dorilarni qabul qilganimdan keyin ahvolim og’irlashdi. Kechasi bilan yuragim og’rib chiqadigan bo’ldi. Ancha vaqtdan so’ng shahar shifoxonasiga bordim, ular menga joy yo’q deyishganiga uyga qaytdim. Bir tanishim orqali o’sha shifoxonaga qayta borsam, katta mulozamatlar ila meni palataga yotqizishdi. Men qandaydir hayvon hayotiga achinsamda, insonlar hayotiga achinish u yerda tursin, insonlar insofsiz bo’lib borayotganidan hafsalam pir bo’ldi. Nima uchun shunday mavzularni yozmaysizlar? Shifokorlarni diplomiga emas, ularning  bilimiga qarab ishga olishsa maqsadga muvofiq bo’lardi.

Xatni o’qib biz ham achindik. Shifokorlar o’zlarining qanday kasb tanlashganini bilisharmikan? Ularning qo’lida butun bir inson hayoti yotadi. Ularning bunday hatti harakatlari INSON degan nomga yarashmaydi. Nima uchun hech kim bu mavzuda bosh ko’tarmaydi? Axir ba’zi shifokorlarimizning bilimsizligidan odamlarning yuragi to’xtab boryapti.

 

Mahliyo

Поделиться:

Оставить ответ


hozirda hamma shunday bo’lib ketgan jaa hamma ham deyolmaymanku bazi bir odamlar pul va boyliginga qarab gaplashadi o’zini osmonda deb o’ylaydi o’zbek santkorlarini bazilariham shunday toylarga tashrif buyirishganda go’yoki o’zlarini yagona latofatliy deb o’ylashadi makiyaj ustalari va ovoz yozish ustudyalarida malakali mutahassislar bo’lmaganda birtinga qimat santkor bo’lishardi http://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_negative.gif

Dilya
25.03.2014

туппа тугри одамлар хама нарсани пул билан хал киляпти

nargiza
25.03.2014

togri aytas bu mavzuni kotarish kerak bizdayam shunaqa ahvolhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_scratch.gifhttp://shok.uz/wp-content/plugins/wp-monalisa/icons/wpml_unsure.gif

Aziza
25.03.2014

Bir tanishimning koz ongida bolib otgan voqeani yoziwim kerak deb oylayman.Bu voqea yunusoboddagi shifohonalarning birida sodir bolgan.Bir viloyatlik bolani ogir ahvolda appenditsit bilan olib kelishgan, lekin bolani operatsiyaga puli bolmaganligi uchun unga opertsiya qilinmagan.Bola qabulhonaning ozida bir yarim soatdan keyin vafot etgan.

Komol
25.03.2014

Bunaqalar tiqilib yotibdi

Bek_Uzbekistan
01.04.2014

Iye endi bildilami bu narsani ?

Bu yerda bitta IT haqida keyin qayoqdigi yurak dog’risi haqida gapirilibdiku lekin man silaga etsan O’zbekiston Tibiyoti jaxon da oxiridan 1-o’rinda turibdi,

O’zbekiston barcha sohalarda rivojlanvotdi,Bazi soxalarda jahondagi lider mamlakatlar qatorida turibmiz,

Butun boshli O’zbekiston tibiyoti yoki Miliy meditsinamiz esa kun sayin inqirozga yuz tutmoqda,

Butun boshli Tibiyot sohasida faqatgina «STOMOTOLOGIYA» yo’nalishida biz rivojlanvotmiz,

Qolgan barcha Tibiyopt yo’nalishlari esa inqirozga yuz tutgan,

Shifokorlar HUDO dan har kuni Kambag’al kasal bo’lmasin Boy esa tuzalmasin deb iltijo qilishdan boshqasiga yarashmidi,

Davlat tomonidan kasalxonalarga 1 000 000 — 100 000 000 so’mlik aparaturalar milion milion do’llorlik jarohlik vositalari kasalxonalarga beriladiku lekin anashuni ishlata oladigan yuzlab english tilidagi tugmalarni qay birini bossa nima bo’lishiga farosati yetmaydigan qo’ylar xozir shifokorlik qilishmoqda,

Sog’lom odam kasalxonaga kirib ketsa qayeridur og’rib yoki biron kasal yuqtirib olib qayeridandur shikoyat qilish chiqadi,Kasalxonadigila sog’lopm odamlarni kasalini topishga AS BO’LIB ketishgan lekin shifo baxsh etish bu FANTASTIKA,

Sog’lom odamniham mayib qilib qo’yishgan boshqasiga yaramaydi Bu MOLLAR,

Xullas gapirsa gap ko’p,

Bek_Uzbekistan
01.04.2014

Agar O’zbekistondigi tibiyot xech bo’lmasa Rossiya yoki Germaniya nikichalik bo’lganida edi man xozir Futbalist yoki Kikboksin bo’yicha JAHON CHEMPIONI bo’lardim,

Boy insonlarga maza 50 000 — 100 000 $ sarflab Germaniyaga borib davolanib kelishadi,Oddiy oilalarga qiyin.Veterenarlar davolashadi odamlarni,

MADINA
11.01.2015

bu xolatlar har kuni bir necha bor takorlanadi va bemor vafot etsa KECH OLIB KELINGAN tashxisi quyliladi, BUNING HAMMASIGA UZIMIZ AYIBDORMIZ. MENIG FIKRIMCHA BARCHA SOHALAR 0 . BUNING SABABI ODDIY UQISHDA UQIYOTGANLAR UQISHGA BORMAY IYNAB YURIB, BAHONI PUL BILAN OLISHADI, OTA ONALARGA PULSIZ YOPIB BMAYDI DEYISHADI OTA ONALAR HAM TOG’RI TUSHUNIB PUL BERISHADI CHUNKI UZLARI HAM PORA OLIB YOKI PORA BERIB ISHLARINI BITIRISHADI.LEKIN UYLASHMAYDIKI ERTAGA SHU FARZANDIGA UXSHAGANLARNING QULIGA YAQINLARI TUSHISHADI. PORAXORLIKNI BAS QILISHIMI KERAK

faruk
16.01.2015

nafkat hayvonlar hatto darahtalrni xam kesmok oldirmok gunoh