Qisqa tanaffusdan so’ng ijodga qaytgan «Radio» guruhi


Категория: NEWS
Radio guruhi

«INTER MEDIA RECORDS» prodyuserlik kompaniyasining yangi loyihalaridan biri bo’lmish «Radio» guruhi san’atsevar xalqimiz e’tiboriga havola etildi. Qisqa tanaffusdan so’ng yangi shartnoma ila yana katta sahnaga qaytgan «Radio» guruhining «Talabim» nomli qo’shig’i muxlislar hukmiga allaqachon havola etilib, iliq kutib olindi va sevimli qo’shiqlardan biriga aylanib ulgurdi. Yodingizda bo’lsa «Radio» guruhing «Masxaraboz» nomli qo’shig’iga ishlangan, yulduzlar ishtirokidagi video ketma-ketligi saytimiz orqali taqdim etgan edik va klip millionlab qalblarni zabt etgan edi. Hozirgi kunda o’zini butkul ijodga bag’ishlagan guruhning yangi taronasiga o’zgacha tarzdagi klipni suratga olish arafasida. Shuningdek bu hali hammasi emas, «Radio» guruhining vakillari yana ko’plab yangiliklar va ijod mahsullarini birma-bir taqdim etib borishadi. Bu guruhning yana bir yorqin va esda qolarli chiqishlari esa 23-24-dekabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida «Tarona records» studiyasi tomonidan o’tkaziladigan yulduzli gala konsertda bo’lib o’tadi. Konsertga tashrif buyurib benazir taronadan bahramad bo’lishingiz mumkin.

Поделиться:

Оставить ответ


Iroda
22.12.2015

Manga klip yoqandi ahiri chiqibdida