«O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi» tomonidan eng ko’p tanqidga uchragan Rayhon va Lola!


Категория: FOTOREPORTAJ, SHOK VIDEOLAR
Без имени-1

2015-yil 20-may kuni soat 11:00 da «O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi» tomonidan «Yoshlar ijod saroyi»da  «Ma’naviyatimizni asrab qolaylik!» nomli hozirgi kunda o’sib ulg’ayayotgan yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan, milliy ma’naviyatchiligimizdan mutlaqo yiroqlashib ketgan ommaviy madaniyatning eng qusurli nuqtalarini nishonga olib, ularni bartaraf etishga bag’ishlangan eng e’tiborga sazovorli dolzarb tadbirlardan biri bo’lib o’tdi.

_DSC7733

Unda quyidagi besh masala muttasaddi tashkilotlar, san’atkorlar, jamoatchilik faollari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

TANQIDGA OLINGAN KLIPLAR VIDEOSINI YOU TUBE DAN KO’RISH

_DSC7747

Xonanda va raqqosalarning kiyinish va o’zini tutish madaniyatiga bog’liq illatlar hamda kliplarning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’siri, shou-biznes vakillari hayoti va faoliyatini yoritishdagi kamchiliklar. Liboslardagi taqlidlar va to’y va marosimlardagi salbiy odatlar.

_DSC7710  _DSC7730 _DSC7723

Efirga uzatilayotgan turli seriallar va kinofilmlarga, shuningdek, kafe va restoranlar, mehmonxonalardagi monitorlarda qo’yilayotgan kliplarga munosabat. Qo’shiq jumlalarining sayozligi hamda she’r va she’r ruhi o’g’rilariga munosabat. Teleboshlovchilarning pardoz va kiyinish madaniyatidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish.

_MG_0736

Ilk muhokama Lola Rayhonning konsert dasturida kiygan, dizayner Zulfiya Sulton tomonidan yaratilgan libos ham bizning mentalitetimizga umuman togri kelmasligi qatiy aytib otildi.

_MG_0703

Bu kabi e’tirozlarga dizayner Zulfiya Sulton «Bu sahna libosi, agar hammaning fikri inobatga olinsa, san’atimiz rivojlanmay qoladiku»,-deb aytgan javoblari monitor orqali tashrif buyurgan barchaga havola etilib, muhokama qilindi.

_DSC7721_DSC7716_DSC7676

Shu bilan birga shou-biznes vakillariga tegishli bo’lgani holda nishon markazida shu kuni yoshlarning sevimli xonandalari Lola va Rayhon bo’ldi. Ularning ijodiy hamkorliklari maxsuli bo’lgan «Ko’nikmadim» qo’shig’iga suratga olingan klip qattiq tanqid ostiga olindi. Hech qanday ma’no-mazmun kasb etmaydi deb topilgan mazkur klip, yoshlar tafakkurida aksincha salbiy fikrlar, o’ylar paydo bo’lishiga sabab bo’layotgani ta’kidlab o’tildi.

_DSC7671_DSC7690

«Bojalar» guruhi, NiluFar, Kaniza, Yagona, Jasur G’oipov, Tamila va yana bir qancha ijodkorlarning kliplari ham birma-bir sanalib, saviyasi yo’q kliplar deya e’tirof etildi. Munisa Rizaeva ham tilga olindi lekin monitorda uning klipi taqdim etilmadi.

_DSC7686 _DSC7682   _DSC7665 _DSC7646 _DSC7640 _DSC7631

Ommaviy axborot vositalari xalqqa ma’lumot yetkazaman deb, duch kelgan narsani yozib yoki ekranlar orqali efirga uzatilayotgani ham tanqidga olinib, bu borada Nilufar Usmonova sochining parvarishiga bitta «Lacetti» ning puli ketgani haqidagi ma’lumotning gazetalarda bosib chiqilganiga alohida urg’u berildi.

_DSC7651

 Hozirgi kunda hech qanday ma’noga ega bo’lmagan faqatgina  musiqaga solib aytilayotgan mazmunsiz she’rlar haqida gap borar ekan Rayhonning «Izlama» qo’shig’ining va Ummon guruhining qo’shig’ining matni tanqidga olindi.

_DSC7762

Ko’rilayotgan mavzular yuzasidan auditoriyaga murojaat qilingan edi «Farhod va Shirin» duetining a’zosi xonanda Shirin televidiniya xodimlari ustidan o’zining e’tirozini bildirib o’tdi. «O’z klipimizni televidiniyaga taqdim etsak, buni efirga uzatolmaymiz kamchiligi bor deyishadiyu, lekin qanday nuqsoni borligi haqida aytishmaydi, Agarda haqiqatan ham efirga uzatish uchun noloyiq bo’lsa, bundan keyin qayerida, qanday kamchiligi bor ekanligi aytib o’tishsin, biz shunda kliplardagi xatolarni to’g’irlaymiz”- deb murojaat qildi.

_DSC7691

Yana kliplar borasida so’z ketar ekan televidiniya ham «O’zbeknavo» estrada birlashmasi kliplar yuzasidan hech qanday javobgarlik ularning zimmasida emasligini aytib o’tishdi. Shu bilan birga o’zining asl kasbini unutib, ko’proq tashqi ko’rinishiga urg’u berib, ommaviy axborot vositalari madaniyatiga umuman to’g’ri kelmaydigan ro’dapo libos-u, taqinchoqlarda ekran orqali namoyon bo’layotgan boshlovchilarga ham tanqidiy e’tirozlar bildirib o’tildi.

_DSC7696

Tanganing ikki tarafi bo’lgani kabi  san’at olmini faqat salbiy tomondan emas, ijobiy tomondan ham maqtashga arzigulik jihatlari borligi va uni ko’klarga ko’tarayotgan jonkuyar san’atkorlarimiz Nasiba Abdullayeva, Ulug’bek Rahmatullayev, Alisher Fayz va yana bir qancha san’atkorlarning kliplari monitorda qo’yilib, minnaddorchilik izhor qilindi.

_DSC7634

Kim o’zarga o’tkazilayotgan to’ylar-u, to’ylardagi xalqimizga mutlaqo yot bo’lgan udumlarning kirib kelishi, kelinning guldasta otishi-yu, o’zining to’yida uyalmay raqsga tushishi, bular esa o’zbek xalqining bir necha asrlar davomida shakllanib kelayotgan ma’naviy hayotiga umuman to’g’ri kelmasligi, zudlik bilan bularning oldini olish kerakligi dolzarb masalardan biri bo’ldi.

_DSC7608

Xonandalar faqatgina to’ylar uchun ijod qilmasdan, ma’naviyatimizni asrab qolishlari uchun ham ijod qilishlari ta’kidlab o’tildi. Mana shunday ko’pchilining e’tiroziga sabab bo’layotgan ma’naviy hayotimizdagi holatlar xalqimiz, ayniqsa yoshlar mafkurasiga qattiq chang solayotgani qayta va qayta ta’kidlanib, bu kabi illatlarning oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar zudlik bilan amalga oshirilishi va buning uchun barcha jamoatchilik vakillari birdek qatnashishlari lozimligi aytib o’tildi. _DSC7601

Bo’lib o’tgan tadbirga muttasaddi tashkilotlar, bir qancha san’atkorlar taklif etilgan edi, lekin ularning ko’pchiligi tashrif buyurmadi. Agarda yuqoridagi holatlar davom etaversa keyingi tadbirlarda  ijodkorlar birma-bir sahnaga chiqarilib ularning nomunosib ishlari ochiq-oydin muhokama qilinishi aytib o’tildi.

_DSC7807_DSC7839 _DSC7833

O’ylaymizki bo’lib o’tgan tadbir shunchaki qolib ketmay, balki yuqoridagi holatlar har taraflama bartaraf etiladi. Shunday ekan hech birimiz befarq bo’lmay ko’p yillik ma’naviyatimiz-u, an’analarimizni asrab-avaylashda o’z hissamizni qo’shaylik.

Faxriniso

Foto:Kamil Bilyalov

Поделиться:

Оставить ответ


СЕВАРА
21.05.2015

Жуда тугри муаммони олиб чикишибди. Хакикатдан хам хозирда Лоланинг очик кийинишини интернетлардан куп укигандим. Олдин µам бу хонанда танкид килнган эди. Райхон ва Лоланинг «Куникмадим» клипини куриб тугриси жахлим чикди. Клипнинг маъноси йук. Уйлаймизни санъаткорларимиз бу йигилишдан узларига тегишли хулоса чикаришса ёмон булмасди.

allohon
21.05.2015

Juda tugri qilibdu umiman lola va rayhon umiman klipi konsertda ochiq sochiq kiyinib klipda ham beuhshov qiliqlar qilib hammaning asabiga tegdi ana ikkalasiga zapret quyish kerak shahzoda ziyoda umidahon ga tassono sahna madaniyati kuchli

Nonik
21.05.2015

Judayam yahshi ish bo’pti bo’larkanu shokuz hech kim shu ikkalasini yomonlamasdi qo’rqanidan.

Erkin
21.05.2015

Haqiqatnin yozipsanlar shok

Setora
21.05.2015

Rayhona muncha hunuuuuuu fuuu labinni qareler

MANAVIYATCHILARGA va G'itbatchilarga
22.05.2015

Лично я за Лолу и Райхон!!! Они самые лучшие!! Уважаемые Лола и Райхон продалжайте в том же духе не слущайте их живите так как вам хочется!!

diyora
11.02.2016

ha toppa togri sanatda svoboda slova degan narsa bolish kerak togri lola sal ochuqroq kininpti lekin rayhonni nima aybi bor nima qibti labini ishirtirsa uni xohishi

allohon
22.05.2015

Rayhon turkiyaga borib ham shunha gap bilan ham yana battar kiyinib chiqdi huddi qulingdan nima keladi deganidek

Asal
24.05.2015

lola rostanam haddidan oshib ketgandi instagramdagi rasmlari bilan

Leyla
26.05.2015

RAyhon bilan Lolapani erga berish kerede, ne tushunmisla

Komol
29.05.2015

Lola xonim o’zini reklama qilish bilan band, orqasini oyog’ini instagramga qo’yib o’zini o’zi sharmanda qilganini nega yozmaysizlar?

dilik
29.05.2015

Rayhona ham qolishmaydi

Nigora
29.05.2015

Shuni aytinga

Oynisa
15.06.2015

Voybo namuncha yomonlayverasla Bitta Rayhon bilan Lolami klip undo klip Mundo deverasla munaqa masde. Nega ancha oldin Shahriyori «Bu Kecha «deb nomlangan ashulasini tanqit qilmisla. Klip ku vawe bemadi. Tanqit qilsalaring hammani ijodini kuzatib tanqit qilila. Bitta odamga yopshib olmasdan.

Extravaganza Di
19.07.2015

hurmatli iboli hayoli aqlli ideal tanqidchilar o’z konglilada mashxurlani tanqid qilasla. Kiyiniwi undo ozini tutiwi mundo dip. Huddi ki faqat Lola bn Rayhon ochu kiyinishadide hamma yoshla uladan orne oladi. Tanqid qiliwga yetgan aql borakan kiyiniwga kegandayam owa aqlli iwlatila taqlid qimasdan. Kim bosayam hamma gap oilada beriladigan tarbiyada. Togri tarbiya berilsa oilasi etkande kiyinadi. Lolayu Rayhondan tawqari kochada oddiy mingta qizla yuradi ochu kiyinib nime owalani gapiriwmidi? Nimaga Xotin-qizlar qomitasi viloyatladan kelib foxiwabozli bn wugilanvotkanla haqida yigiliw qilib wuni obsujdat qiliwmidi? Wu foxiwalayam ayolla qizlaku. Lola bn Rayhonni qanaqa kiyiniwi bu ulani shaxsiy Iwi! Bu qivotkan iwila yaxwidur lekin bundan muhimro mavzulayam bir! Bundan foydaliro iwla bn wugulanila iltimos.

Extravaganza Di
19.07.2015

Rayhonni Izlama qowigi judayam ma’noga boy. Balki yowlari sal o’tib qoganla chunmas lekin yowla chunadi. Agar kimdir bitta qo’wiqni bemani disa bemani bopqovurmidi. Odamla bitta odam gapirsa owanga qowilib otirmela zombiga oxwab. Balki tanqidilani sababi honandalaga bogan shaxsiy negativiladadir. Rayhondan bowqa ijrochila juda kop bemani qowiq kuylavotkan yaxwimas bitta honandaga topi yopiwvoliw!!!

diyora
11.02.2016

man sizi gapizga qoshilaman

1111
11.02.2016

oziylar ham ja farishta silar de rayhon yoqmasichi kotta kocha xohlaganilrni eshitila hamma farishta faqat lola bilan rayhon yomon shahzoda ham qolishmaydi muz tv dan chiqqn koyneklaridan aylanib keti nega faqat rayhona gayomon gapiruasilar shok.uz intervyuda ular bilan yaxshi gaplashsla nega keyin teyin gap chiqarasla buni gul otsa nima ozini toyida ozini hohlagan narsasini qladi umuman bizni prezidentimiz aytgandilar biz kelajakg aqaraymiz ammo otmushsiz kelajak bolmaydi deb ammo hamm sovet davrida rus tilida gaplashgan u ham otmish ku boro bora halqimiz giybatchilar va chaqmachaqrlarga aylanishvotdi